iPhone XR savdosi Rossiya bozorida rekord o‘rnatmoqda

  •   Saroy
  •  935
  •  30.10.2018 11:06

iPhone XR savdosi Rossiya bozorida rekord o‘rnatmoqda

O‘tgan juma kuni Rossiyada arzon iPhone XR flagmanining sotuviga start berilgandi. Dushanbaga kelib esa, bir nechta kompaniya o‘tgan dam olish kuni yangi qurilmaning savdosi qanday bo‘lgani haqida hisobotini e’lon qilishdi. Natijalar esa ko‘pchillikni hayratga solmoqda.

Masalan, birlashgan «Svyaznoy—Yevroset» kompaniyasining ma’lum qilishicha, o‘tgan yakshanba kuni xaridlarning katta qismi  iPhone XR modelining qora ranggiga to‘g‘ri kelgan. Tarmoqdan xarid qilganlarning 37 foizi  uni sotib olgan. Kompaniyaning eng xaridorgir qurilmalari ro‘yxatida ikkinchi o‘rin qizil rangdagi iPhone XR (24 foiz), uchinchi o‘rin esa ushbu modelning oq ranglisiga to‘g‘ri kelmoqda (13 foiz).

Ayniqsa, xotira sig‘imi 128 GB bo‘lgan iPhone XR sotilgan apparatlarning qariyb yarmini tashkil etgan,  64 GBlisiga esa xaridlarning 43 foizi to‘g‘ri kelgan. Qolgan 9 foizi  256 GB xotira sig‘imiga ega qurilmalarni sotib olishgan.  Umuman, tarmoqda aytilishicha, iPhone’ning yangi modeliga talab sezilarli darajada ortgan.

O‘QING: iPhone XR smartfoni uchun shaffof g‘ilof yaratildi

«Svyaznoy—Yevroset», kompaniyasidan tashqari, ATOL kompaniyasi ham o‘z natijalarini e’lon qildi. Ularning ma’lum qilishicha, o‘tgan yakshanbada savdoda ishtirok etgan xaridorlarning 34 foizi aynan iPhone XR qurilmalarni sotib olgan. Bu borada alohida e’tibor flagman modellar sanalmish, iPhone XS va iPhone XS Max’ga qaratilgani ma’lum bo‘ldi. ATOL vakillarining ta’kidlashicha jami xaridorlarning qariyb chorak qismi qora rangdagi iPhone XR’ning 128 GBlisini sotib olgan. Shu bilan birga, xaridorlarning 57 foizi 128 GBlisini, 32 foizi 64 GBlisini,  11 foizi 256 GBlisini ma’qul ko‘rishgani ayon bo‘lgan.

Kuzatuvchilarning fikricha, iPhone flagmanlarining bu kabi rekord ko‘rsatkichlari bu haftada ham kuzatiladi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: mustahkamligini sinash uchun yap-yangi iPhone XR’ni tirnab, yondirib va bukib ko‘rishdi!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.