iPhone XR smartfoni uchun shaffof g‘ilof yaratildi

  •   Saroy
  •  1253
  •  13.10.2018 14:40

iPhone XR smartfoni uchun shaffof g‘ilof yaratildi

Apple yangi iPhone XS flagmani bilan birga anchayin kamtarona model hisoblangan iPhone XR smartfonini ham namoyish qildi. Yangi qurilma shu oyning o‘zida sotuvga chiqariladi. Endi esa ma’lum bo‘lishicha, yangi model uchun   shaffof g‘ilof ham taqdim etilmoqda.

Shaffof g‘ilof  smartfonning tashqi ko‘rinishini ta’kidlab turishi kerak. iPhone XR  g‘ilofi bir yo‘la 6 rangda chiqadi va plastikdan tayyorlanadi. Odatta Apple silikon yoki yanada qimmat bo‘lgan charm g‘iloflarni chiqarardi.

O‘QING:Galaxy S9 tekinga tarqatildi: Apple gadjetlariga qarshi yangicha marketing yurishlar

 9to5mac resursining ma’lum qilishicha, iPhone XR uchun plastik g‘ilof  55 kanada dollari turadi.  iPhone XS uchun silikon g‘ilof ham shuncha turadi.

iPhone XR uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilish 19 oktyabrdan boshlanadi. Sotishga esa 26 oktyabrda start berilishi ma’lum qilindi.

O‘QING:Apple’da yana muammo: iPhone smartfonlarida soat to‘xtab qolmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!