iPhone Xs: 2018 yilda chiqadigan uchchala modelning ham narxi ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  3531
  •  12.09.2018 16:29

iPhone Xs: 2018 yilda chiqadigan uchchala modelning ham narxi ma’lum bo‘ldi

Yaqinda Goldman Sachs tahlilchilari shunday fikrni bildirdi, eng arzon iPhone Xc (iPhone 9, Xr) ham aslo arzon bo‘lmaydi — 849 dollar. Taxmin qilingan eng arzon narx deb,  799 dollar aytilayotgan edi, shunda ham agar Apple xarajatlarni qisqartirishga muvaffaq bo‘lsa. Bu ma’lumotlar shu zahotiyoq bir nechta manbalar tomonidan rad etildi. Umumiy  balandlik 5,8 dyumli modeli uchun  999 dollarni tashkil etadi.

Germaniyalik bir nechta manbalarning ma’lumotiga asoslanib aytadigan bo‘lsak, yangi iPhone 2018 ham narx borasida avvalgilarining orqasidan ketadi, faqat 6,5-dyuymli Xs Plus/Max’ni hisobga olmaganda. Xabar qilinishicha, eng arzon iPhone Xc  JK-displeyi bilan  799 yevroga baholangan. Hozir Yevropada iPhone 8 shuncha turadi,  5,8-dyuymli XS’ni manbalar 1149 yevroga baholashgan (iPhone X ham shuncha turadi).

O‘QING:Eng ommalashgan iPhone’lar e’lon qilindi. iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

256 GB varianti 170 yevroga qimmat, 512 Gbayt variantining narxi esa aytilmayapti. Umuman olganda,  hozir  iPhone 8, 8 Plus va X  ham Germaniyada shunday narxda sotilmoqda. Taxmin qilinishicha,  iPhone Xs Plus va Max Apple uchun 1049 dollar suraladi, bu iPhone X’ning o‘tgan yildagi dastlabki narxidan yuqori. Hozir ushbu model Rossiyada sezilarli ravishda arzonlashgan.

O‘QING:iPhone endi qo‘lsiz boshqariladi: eBay’dan yangi ixtiro

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.