Apple nega iPod'ning 2 modelidan voz kechdi, ularni nima "halok" qildi?

Apple nega iPod'ning 2 modelidan voz kechdi, ularni nima

Apple kompaniyasi o‘zining 2 ta klassik media vositalari -- iPod Nano hamda Shuffle pleyerlarini bundan keyin ishlab chiqarmasligi bilan bog‘liq rejalarini e’lon qildi.


2005 yildan boshlab ishlab chiqarilayotgan iPod Nano va Shuffle – Apple Music xizmatini qo‘llab-quvvatlamaydigan so‘nggi gadjetlar bo‘lishdi.

Bu pleyerlar 2015 yildan buyon ommalashib kelayotgan Apple Music musiqiy xizmatini qo‘llab-quvvatlamaydigan so‘nggi elektronika vositalari bo‘ldi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Apple shu yo‘l bilan iPod qurilmalari turkumini ixchamlashtirmoqchi. Endi bu turkumda faqatgina iPod Touch gadjeti qoladi.

iPod Nano va Shuffle allaqachon internet-do‘konlarning mahsulotlar ro‘yxatidan olib tashlangan. Tez orada ularni an’anaviy do‘kon rastalarida ham uchratmaysiz.

iPod touch -- hozircha ishlab chiqariladigan yagona iPod bo‘lib, Apple endi uning xotirasini 2 karra oshiradi: 32 GB ($199) va 128 GB ($299) xotira talqinlariga ega.

iPod nano oxirgi marta 2012 yilda yangilangan bo‘lib, o‘shanda kompaniya unga Bluetooth standartini joriy qilgan edi. Natijada, uni simsiz audio-quloqchin va audio-karnaylarda tinglash imkoni tug‘ilgan. 

Ekspertlar doimo iPhone smartfonini iPod pleyerining "qotili" deb hisoblab kelishgan. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, iPod'ni bozordan chiqarib yuborayotgan muhim omil Apple Music va Spotify kabi onlayn musiqa xizmatlari bo‘lgan. Boisi, foydalanuvchilar bu xizmatlar yordamida ayfonlari orqali ham xohlagan musiqani tinglashlari mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!