Issiq ham yoqmaydi, sovuq ham: foydalanuvchilar iPhone XS ularni juda chiroyli qilib rasmga olayotganidan nolimoqda

  •   Saroy
  •  1006
  •  29.09.2018 11:23

Issiq ham yoqmaydi, sovuq ham: foydalanuvchilar  iPhone XS ularni juda chiroyli qilib rasmga olayotganidan nolimoqda

Ekspertlarning fikricha,   Apple iPhone XS’ning old kamerasi o‘tgan yilgi iPhone X bilan taqqoslaganda juda katta qadam bo‘lgan. Ammo ayrim foydalanuvchilarning shikoyat qilishicha, smartfon shubhali byuti-funksiyaga ega, tag‘in yana uni o‘chirib ham bo‘lmaydi.

Avtomatik rejimda terini tekislash uchun rasmga qo‘pol va noreal filtr qo‘yilgan. Ayniqsa, foydalanuvchilarning jahlini chiqargani, ushbu filtr haqida hech bir joyda eslatilmagan va uni o‘chirishning ham iloji yo‘q. Bundan tashqari, ular filtr algoritmi barcha vaziyatlarda ham  yaxshi ishlashidan shubha qilishmoqda.

O‘QING:iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

Ayrim smartfon egalari esa, filtr oddiy terini to‘q sariq qilib qo‘yishidan shikoyat qilgan. Natijada, fotoportret xuddi xavaskor fotoshopchi ishlagandek ko‘rinib qolgan. «Men xuddi Sims personajidagi qahramonlarning biriga o‘xshab qolganman», — deb yozadi forumda ishtirokchilarning biri.

Yana bir norozi foydalanuvchi bu haqda butun boshli videorolik namoyish qildi. Apple  texnikalaridan “jabr” ko‘rganlardan yana birining aytishicha, kompaniya vakillari ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani haqda unga ma’lum qilgan emish.

O‘QING:Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi Apple A12 Bionic chipidan kuchli