Javob yurishi: endi Huawei kompaniyasi AQSh hukumatini sudga beryapti!

  •   DiMaX
  •  892
  •  05.03.2019 10:39

Javob yurishi: endi Huawei kompaniyasi AQSh hukumatini sudga beryapti!

AQSh hukumati mamlakat hududida Huawei mahsulotlarini taqiqlab, kompaniyaga qarshi choralar qo‘llab kelayotir. Jumladan, o‘tgan yilning 1 dekabr kuni AQSh talabiga binoan, Kanadaning Vankuver shahrida Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou hibsga olingan edi.

O‘QING: Trampdan Xitoyga “javob”: endi u Huawei va ZTE uskunalarini sotib olishni ta’qiqlaydi.

NY Times nashriga ko‘ra, Huawei kompaniyasi bunga javoban AQSh hukumati ustidan sudga da’vo arizasi kiritmoqchi. Shu yo‘l bilan u o‘ziga nisbatan e’lon qilingan jinoiy ishlar, jarimalar va taqiqlardan xalos bo‘lmoqchi.

Aytish kerakki, AQSh Adliya vazirligi Huawei’ni bir qator qonun buzilishlari ehtimollariga ko‘ra jarimaga tortgan. Jumladan, xitoylik texnogigantni T-Mobile kompaniyasining intellektual mulkini o‘g‘irlashda, sanksiyalarga qaramasdan Eron bilan hamkorlik qilishda ham ayblashyapti. Huawei moliya direktori Meng Vanchjou esa Kanadadagi o‘z uyida hibsda ushlanmoqda.

AQSh hukumati mahalliy aloqa operatorlari hamda provayderlarga Huawei va ZTE telekommunikatsion uskunalarini qo‘llashni taqiqlagan va boshqa mamlakatlardan ham shuni talab qilmoqda. Huawei esa o‘z qurilmalarida josuslik dasturlari va chiplari yo‘qligini isbotlab, sud yo‘li bilan ushbu taqiqni bekor qilishga urinmoqda.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Huawei’ga qarshi kurashayotgan AQSh endi uning yordamiga muhtoj!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.