JerryRigEverything eng mustahkam smartfonni e’lon qildi

  •   Saroy
  •  1291
  •  06.06.2018 10:16

JerryRigEverything eng mustahkam smartfonni e’lon qildi

Garchi, Nokia 7 Plus shu yilning fevral oyida MWC 2018 konferensiya doirasida namoyish qilingan bo‘lsa-da, u smartfonlarning mustahkamligini sinab ko‘radigan qattiqqo‘l ekspert – JerryRigEverythin’ning  qo‘liga endi kelib tushdi. Bekorga emas ekan.

Nokia 7 Plus ekranini Gorilla Glass 3 shishasi himoyalaydi. U tirnalishlarga chidamliligi jihatidan Gorilla Glass 5’ dan aslo qolishmaydi. Barmoq izlari skaneri oson tirnaladi, lekin bu, uning faoliyatiga aslo ta’sir qilmaydi. Ammo asosiy kameralarning yuzasidagi shisha ham,  metal karkas ham juda mustahkam ekan, ularni tirnab bo‘lmadi.

O‘QING: Nokia’ dan o‘ziga xos sovg‘a: maqbul narxda

Olov bilan sinab ko‘rilgandan keyin, displeyda dog‘ paydo bo‘ldi, biroq bir necha soniyadan keyin peksillar hayratlanarli ravishda qayta tiklandi.
Eng jiddiy sinov, bu smartfonga jismoniy kuch ishlatish bo‘ldi. Blogger qurilmani qayirishga urinib ko‘rdi, behuda kuch sarflayotganini tushungach, qo‘lida  eng mustahkam apparatlarning biri turganini tan olishga majbur bo‘ldi.  

Shu bois, 7 Plus’ni  mustahkamliq borasida Nokia «g‘ishtlarining» munosib izdoshlari ekan, deb bemalol aytsak bo‘ladi.

O‘QING: Nokia X6 – ilk partiya o‘n soniyada sotilib ketdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!