Yilning eng innovatsion kompaniyalari

  •   DiMaX
  •  1552
  •  04.04.2017 09:42

Yilning eng innovatsion kompaniyalari

2017 Fast Company jurnali o‘z versiyasiga ko‘ra 2017 yilning eng innovatsion kompaniyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Qizig‘i, unda minonlar haqidagi filmlar ijodkorlari ham bor!

Mazkur ro‘yxatning ilg‘orlari Amazon (tobora ko‘proq, tezkorroq va «oqilona» takliflari uchun), Google (3D-modellashtirish uchun Tango loyihasi evaziga) va Uber (pilotsiz parvoz taraqqiyoti tufayli) hisoblanadi.

Apple, Snapchat, Facebook, Netflix va Spotify bilan birga, yuqori o‘ntalikdan joy olgan kompaniyalar qatorida Twilio – muloqot servislari ilovasi platformasi ijodkorlari hamda «oziq-ovqat mahsulotlari» startapi uchun inkubator yaratgan Gretsiya kompaniyasi – yogurtlar ishlab chiqaruvchi Chobani ham bor.

Fast Company reytingining yuqori o‘ntaligi

Ro‘yxatning 19-o‘rnida Open Whisper Systems kompaniyasi turibdi, u kimsan Edvard Snouden tomonidan ma’qullangan Signal messenjerini ishlab chiqqan. Mazkur mualliflarni Fast Company «ommaning himoyalangan muloqotini rivojlantirgani» uchun ro‘yxatga kiritgan.

Undan keyingi o‘rinni esa «Qabih Men» («Gadkiy Ya»), «Minonlar» kabi multfilmlarni ishlagan Illumination Entertainment animatsion studiyasi band etgan. Reyting tuzuvchilar mazkur kompaniya «minondan maxluq yaratgani»ni ta’kidlab, studiyaning 75 million dollar byudjetga ega «Uy hayvonlarining maxfiy hayoti» loyihasi kinoijaralarda 876 million dollar to‘plaganiga ham urg‘u berishgan.

23-o‘rindagi Slack messenjeri «qiyin ishlarni botlar yordamida osonlashtirgani uchun» ro‘yxatdan joy olgan. MailChimp email-tarqatmalar servisi reytingda 47-o‘rinni egallagan; uning kichkina loyihalarga foydalanuvchilar bilan muloqot qilishga yordam beruvchi jihozlarni yaratgani ta’kidlanadi.

Reytingdagi 50-o‘rinni Drone Racing League kompaniyasi olgan; u virtual reallik shlemlari yordamida boshqariluvchi kichkina dronlar poygasini uyushtirgani e’tirof etilgan. 2016 yili bu kompaniya DRL Racing Simulator virtualini yo‘lga qo‘ydi va bolalar uchun o‘z brendi ostida poyga dronlarini ishlab chiqarishini ma’lum qildi.

Aytib o‘tish joizki, o‘tgan yili reyting yetakchisi Buzzfeed nashri bo‘lib, «butun dunyoda mediani larzaga solgani» hamda o‘zida doim o‘zgarib turish imkoni mavjudligi uchun bunga loyiq ko‘rilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.