Joni Ayv Apple'dan rasman ketdi

Joni Ayv Apple'dan rasman ketdi

Endi Joni Ayv (Jony Ive) rasmiy ravishda Apple'da ishlamaydi.

Apple kompaniyasining ko‘p yillik Bosh dizayneri yozda kompaniyani tark etishini e’lon qilgandi, ammo endilikda Apple kompaniyasining Bosh direktorlar sahifasidan uning nomi olib tashlandi.Ayv LoveFrom firmasiga uzoq yillik do‘sti va hamkasbi Mark Nyuson bilan asos solgan. Apple esa bu firma mijozi, shuning uchun Ayv va Kupertino kompaniyasi o‘rtasidagi ish yuzasidan hamkorlik davom etadi. Biroq Ayv o‘rniga Apple yangi Bosh dizayner tayinlash-tayinlamasligi hozircha noma’lum.

Joni Ayvning Apple'dan ketishi kompaniya yangicha dizayndagi iPhone 12 va ehtimol, ilk buklamafoni ustida ishlayotgan muhim bir paytga to‘g‘ri keldi.

Apple singari katta kompaniyalar, albatta, bunday o‘zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan bo‘ladi. Lekin, baribir, Ayvning bosh-qoshligisiz chiqariluvchi mahsulotlar, albatta, 1—2 yil tanqid ko‘zi bilan tahlil qilinadi, deb qo‘rqmasdan aytsak bo‘ladi.

O‘QING: Huawei nega kurakda turmaydigan so‘zlar bilan Apple’ni haqoratladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!