«Jonli» video: Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk bor ishlatib, xususiyatlarini tushuntirib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1511
  •  09.07.2020 15:05

«Jonli» video: Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk bor ishlatib, xususiyatlarini tushuntirib ko‘rsatishdi!

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarning taqdimot kunini e’lon qilgan. Insayderlar esa allaqachon ulardan birining «jonli» fotosuratlarini ham ulashishgan.

O‘QING: Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Jimmy is Promo nomli YouTube-kanalda endi Galaxy Note 20 Ultra planshetofonining ishlayotgan holdagi videosini ham e’lon qilishdi. Qurilmaning sozlamalarida uning SM-N986U model raqami, Android 10 tizimi bazasidagi One UI 2.5 grafik qobig‘i bilan ishlashi ko‘rsatilgan.

Bu lavhada Galaxy Note 20 Ultra o‘z «ajdod»i – Galaxy Note 10+ bilan taqqoslab ko‘rsatilgan. Yangi modelda S Pen stilusining o‘rni o‘zgargan, lekin o‘lchami avvalgidek qolgan. Endi ekrandagi kursorni stilus yordamida masofadan turib siljitish mumkin, buning uchun S Pen tugmachasini bosish kerak bo‘ladi.

Galaxy Note 20 Ultra kamera blogi jiddiy o‘zgarishga uchragan, u asosiy korpus yuzasidan ancha bo‘rtib chiqqan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, yangi turkumda faqat ikkita – Samsung Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra modellari bo‘ladi. Ko‘pchilik kutayotgan Galaxy Note 20+ modeli shunchaki mavjud emas.

O‘QING: Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!