Juda mo‘rt ekan: gap iPhone X kamerasi ob’yektivi haqida bormoqda

  •   Saroy
  •  1172
  •  25.05.2018 17:37

Juda mo‘rt ekan: gap  iPhone X kamerasi ob’yektivi haqida bormoqda

Kiyingi bir necha oydan buyon  iPhone X foydalanuvchilari Apple va Reddit ustidan shikoyat qilmoqda, negaki, gadjetning ob’yektiviga darz ketgan holatlar tez-tez kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar Apple do‘konlari qurilmani kafolat bo‘yicha almashtirib bermayotgani haqida ham ta’kidlashmoqda, deyiladi  9to5mac.com saytida berilgan xabarda. 

Ular qurilma yerga tushirib yuborilgan, deb qaror chiqaradi-qo‘yadi. Lekin foydalanuvchilarning ta’kidlashicha,  iPhone X’ni hech qachon qo‘ldan tushirib yubormagan.

 O‘QING: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari

"Bayram oldidan  iPhone X sotib olgandim, orqa kamera oynasi darz ketganini payqab qoldim. Telefonni har doim g‘ilofda saqlayman. Hech qachon tashlab yubormagandim. Apple Store’ga qaytarib olib bordim, menga muammoni bartaraf qilish uchun  549 dollar tulaysiz, deyishdi",  deb yozadi bir foydalanuvchi.

Boshqa foydalanuvchi esa iPhone X kamerasi ob’yekti iliq ob-havo bo‘lishiga qaramay darz ketdi, deydi.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, garchi foydalanuvchilar smartfonga hech qachon jarohat yetkazmaganligini qayta-qayta ta’kidlashayotgan taqdirda ham, bu ob’yektivning boshqa yo‘llar bilan   sinishi mumkin emas, degani emas. Masalan, smartfonni cho‘ntagingizga solib yuribsiz, u yerda yana kalitlar bog‘lami ham bor.

O‘QING: Apple va Samsung bu "xitoycha zarba"dan so‘ng tizzagacha yerga botdilar

Umuman olganda, bunday toifadagi muammolarni kuzatib borish aynchayin qiyin masala. Chunki  Apple borgan sari ko‘p iPhone sotmoqda va bunday vaziyat hali ko‘p takrorlanishi mumkin

. Apple esa o‘zining rasmiy izohini haligacha bergani yo‘q.