«Kalashnikov» endi elektromototsikl ham yaratdi

  •   DiMaX
  •  1177
  •  23.11.2019 14:10

«Kalashnikov» endi elektromototsikl ham yaratdi

Hozirda elektrda ishlovchi avtomobillar – elektrokarlarning turi ko‘p. Jumladan, kuni kecha Tesla kompaniyasi futuristik va «o‘q o‘tmas» Cybertruck elektrik pikapini namoyish etdi.

O‘QING: Faqat «Tesla»mi? «Kalashnikov» ham superkar chiqarmoqchi

Endi elektrik mototsikllar safi ham kengayib bormoqda. «ProyeKTOriYa» forumida «Kalashnikov» konserni yaratgan, shaharda yurishga mo‘ljallangan elektromototsikl prototipi namoyish etilmoqda.

Café Racer nomini olgan elektromototsikl bitta quvvat bilan 100 kilometrgacha yura oladi. U doimiy tok asosida ishlovchi, suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatelga ega. Maksimal quvvati – 50 kVt, eng yuqori tezligi – 100 km/soat. Mototsiklga quvvat litiy-ionli akkumulyatordan keladi.

O‘QING: Uchar mototsikl namoyish etilgan rolik 1 kunda million marotaba ko‘rildi

«Kalashnikov» yaratgan elektromototsikl vazni 155 kilogramm keladi. Aytish kerakki, Xiaomi’ning shunday mototsikli – Super Soco TC 1500W modeli bundan ikki baravar yengil. Tag‘in uning bitta quvvat bilan yurish zaxirasi ham katta – 160 kilometrga teng.

Hozircha prototip bosqichida bo‘lsa-da, elektromototsiklni bemalol haydash mumkin. Uning ommaviy ishlab chiqarilish va bozorga chiqarilish vaqti, shuningdek narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)