Kamaymoqdami yoki ko‘paymoqdami? Sayyoramiz o‘rmonlari olimlar nigohida

  •   Saroy
  •  1921
  •  16.08.2018 16:24

Kamaymoqdami yoki ko‘paymoqdami? Sayyoramiz o‘rmonlari olimlar nigohida

Yer yuzidagi o‘rmonlar kamayib borayotgani yo‘q, aksincha ko‘paymoqda. So‘nggi 30 yilda sayyoramiz o‘rmonlarining umumiy maydoni 7 foizga ko‘payibdi.

O‘rmonlar asosan subtropiklar hisobiga ko‘paymoqda, ya’ni ular egallagan maydonlar  mu’tadil iqlimga ega bo‘lgan mintaqalarda va subtropik hududlarda kengaymoqda.

O‘QING: Parlamentda meningfikrim.uz orqali kelgan ikki murojaat muhokama qilinmoqda

Ekologlarning ta’kidlashicha, daraxt sonlarining ko‘payishi tog‘li hududlarda ham kuzatilmoqda. Ammo tropik va qurg‘oqchilik bo‘lgan joylarda ahvol ancha murakkab: Bunday joylarda o‘rmonlar aksincha, kamayib bormoqda. Masalan, Braziliya so‘nggi 35 yilda 385 000 kvadrat  kilometrlik o‘rmon hududini boy bergan.

O‘QING:«Qarzlar kuni»: insoniyat sayyoramiz bir yilda qayta tiklay oladigan barcha zaxirani sarflab bo‘ldi

Mazkur tadqiqotlar BMT qoshidagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tarqatgan ma’lumotlarga ziddir. Mazkur tashkilotning tarqatgan ma’lumotlarida aytilishicha, sayyoramizda o‘rmon hududlari o‘nglab bo‘lmas darajada kamayib bormoqda. Tabiiyki, bunday qarama qarshi fikrlarga sabab, o‘rmon deganimizda o‘zi nimani nazarda tutishimizdir. Olimlarning aniqlik kiritishicha, unchalik baland bo‘lmagan o‘simliklar bilan qoplangan yer maydonlari 1,4 foizga kamaygan. Yaydoq dalalarning miqdori esa  3 foizga kamaygan. Maydoni tobora ko‘payib borayotgan o‘rmonlarga Rossiyaning Yevropa qismi kiradi. Sibir o‘rmonlari esa kamayib bormoqda, bunga sabab qilib o‘rmon yong‘inlari ko‘rsatilmoqda.  

O‘QING:Olimlarning boshi qotmoqda: global isishning yangi sababi paydo bo‘ldi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!