Kechagina taqdim etilgan iOS 11.4 talqinigacha yangilanuvchi gadjetlarning to‘liq ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  1108
  •  30.05.2018 10:44

Kechagina taqdim etilgan iOS 11.4 talqinigacha yangilanuvchi gadjetlarning to‘liq ro‘yxati

Apple kompaniyasi keyingi haftadayoq dasturchilar uchun Worldwide Developers Conference 2018 anjumanini o‘tkazishni rejalashtirgan. Unda turli qurilmalar bilan bir qatorda, iOS 12 operatsion tizimi ham taqdim etiladi.

O‘QING: iOS 12 tayyor bo‘lyapti, siz-chi, unga tayyormisiz?

Mutlaqo yangi – o‘n ikkinchi talqin tayyor bo‘lsa-da, kupertinolik gigant kecha – 29 may kuni o‘z qurilmalari uchun operatsion tizimni iOS 11.4 talqinigacha yangilash imkonini taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, iOS 11.4 talqinini quyidagi rusumli Apple devayslariga o‘rnatib olish mumkin:

  1. iPhone X
  2. iPhone 8 va 8 Plus
  3. iPhone 7 va 7 Plus
  4. iPhone 6s va 6s Plus
  5. iPhone 6 va 6 Plus
  6. iPhone SE
  7. iPhone 5s
  8. iPad Pro (12,9 dyuymlik)
  9. iPad Pro (10,5 dyuymlik)
  10. iPad Pro (9,7 dyuymlik)
  11. iPad (2018)
  12. iPad (2017)
  13. iPad Air 2
  14. iPad Air
  15. iPad mini 4
  16. iPad mini 3
  17. iPad mini 2
  18. iPad touch

Agarda siz shu modellardan biriga mansub qurilma ishlatayotgan bo‘lsangiz, uning operatsion tizimini yangilab olishingiz mumkin. Yoki, sal shoshmay tursangiz – keyingi oydayoq birato‘la iOS 12 talqinidagi tizimgacha yangilanish imkoni bo‘ladi.

iOS 11.4 talqinida foydalanuvchilarga taqdim etiluvchi yangi imkoniyat va funksiyalar bilan esa mana bu xabarimizda tanishib olishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone egalari bir necha yildan beri kutayotgan imkoniyatlar keyingi haftadayoq iOS 12’da taqdim etiladi!