Kelajak raketalari: Turkiya harbiylari yangi qurol bilan ta’minlandi

  •   Saroy
  •  1227
  •  14.08.2018 14:14

Kelajak raketalari: Turkiya harbiylari yangi qurol bilan ta’minlandi

Noyob quralning birinchi partiyasi mamlakat qurolli kuchlariga allaqachon topshirilgan.  Mamlakat mudofaa sanoati boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, 50 dona L-UMTAS EU raketasi jangovar T129 ATAK vertolyotlariga o‘rnatiladi. 

Roketsan kompaniyasi 2005 yildan buyon tankga qarshi qudratli majmua ustida ish olib boradi. Yangi qurol sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqdagi xabarlar esa bundan qariyb bir yilcha burun paydo bo‘lgandi.

O‘QING:Koinot hamma uchun: AQSh Milliy iftixori sanalgan apparat Yevropada ishlangan bo‘lib chiqdi

Qurolling asosiy muhim tomoni shundaki, uning lazerli nishonga olish tizimi  o‘ta aniq bo‘lib, qorong‘uda ham, yomon ob-havo sharoitida ham 500 metrdan 8 kilometrgacha masofada aniq tegadi.

Qurolning hozircha bizga ma’lum bo‘lgan tavsifi quyidagicha:

  • Jangovar qismining yoqilg‘i yonishidan va o‘q tegishidan himoyalangani
  • Raketa otilgandan keyin nishonni egallash imkoniyati
  • Otish qurilmasining og‘irligi (4 ta raketa) — 210 kg
  • Uzunligi — 1,75 m
  • Diametri— 0,16 m

O‘QING:Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!