Kelasi haftadayoq taqdim etiladigan Xiaomi Mi Max 3 narxi ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2139
  •  28.06.2018 12:04

Kelasi haftadayoq taqdim etiladigan Xiaomi Mi Max 3 narxi ma’lum bo‘ldi

Qoyilmaqom Mi Pad 4 plansheti hamda hamyonbop Redmi 6 Pro smartfonidan keyin, Xiaomi kompaniyasi Mi Max 3 taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu qurilmaning texnik xususiyatlari haqida turli ma’lumotlar tarqalgan.

O‘QING: Mi Max 3: "gigant kinofon" hayratga soladi

Bir necha soat avval internetga ushbu smartfonning narxi aks ettirilgan surat ham chiqdi. Unga ko‘ra, 6 gigabaytlik tezkor hamda 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega Xiaomi Mi Max 3 fabletiga 256 AQSh dollari atrofida narx belgilanadi. Aftidan, qurilmaning boshqacha modifikatsiyalari ham bo‘ladi va ular bundan-da arzonroq narxda taklif etiladi.

Hozirgacha tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, ushbu devays ikki xil – oddiy Mi Max 3 hamda kuchaytirilgan Mi Max 3 Pro talqinlarida chiqadi. Ularga tegishlicha Snapdragon 636 hamda yangi (Mi 8 SE modelida qo‘llangan) Snapdragon 710 protsessorlari o‘rnatilishi aytilayotir.

«Xitoycha Apple» ushbu fabletini iyulning boshida, aniqrog‘i – kelasi haftadayoq taqdim etishi kutilmoqda.

O‘QING: Mi Max 3 taqdimot sanasini Xiaomi ovozli yordamchisi «sotib» qo‘ydi!