Keyingi haftadayoq taqdim etilayotgan yoshlarbop Xiaomi Play smartfonini rasmiy suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2689
  •  19.12.2018 12:51

Keyingi haftadayoq taqdim etilayotgan yoshlarbop Xiaomi Play smartfonini rasmiy suratlarda ko‘ramiz!

Xiaomi kompaniyasi asosan geymerlarga moslangan yana bitta yangi smartfon tayyorlagani haqida xabar bergandik. Bu – jahon bozoriga mo‘ljallab chiqarilgan Pocophone F1 arzon flagmanining Xitoy uchun tayyorlangan modifikatsiyasi bo‘lishi mumkin, degan farazlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Xiaomi yana bitta o‘yinbop smartfon – sirli Mi Play’ni taqdim etyapti!

Avvalo, bu model Mi Play emas, balki Xiaomi Play deb nomlanayotgan ekan, bu model allaqachon TENAA saytida ham paydo bo‘lgan (yuqoridagi surat). Kompaniya uni 24 dekabrda rasman namoyish etishini quyidagi tizeri orqali e’lon qilgan:

Qolaversa, hali bir necha soat avval Xiaomi ushbu smartfonining dizayni aniq ko‘rsatilgan rasmiy tizerlarini ham tarqatdi:

Xiaomi Play old yuzasi «xitoycha Apple» smartfonlariga xos bo‘lmagan dizaynga ega ekanini ko‘ramiz: uning romsiz displeyi tepasida yarim doira shaklidagi «kemtik»ka ega.

O‘QING: Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

Korpusning orqa paneliga kelsak, yuqori chap burchakda tikka joylashgan kamera hamda o‘rtadan o‘rin olgan barmoq izi skaneri kabilarni Mi 8 va boshqa modellarda ham uchratamiz:

Kompaniyaning o‘zi ham ta’kidlayotganidek, Xiaomi Play asosan yoshlarga mo‘ljallangan modeldir. Tizerlardagi yozuvga ko‘ra, bu smartfonda «Har yerda va har vaqt o‘yin o‘ynash, hech bir cheklovsiz Weibo’da video ko‘rish» mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, uning jamlanmasiga internet-trafik ham kiritilgan – shunga qaraganda, Xiaomi bu smartfonni o‘zi emas, balki qaysidir mahalliy aloqa operatori orqali sotadi. Kompaniyaning jahon bozoriga chiqargan turli smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!