Kiberjinoyatchilar 1,3 trillion dollar ishlab olishgan, rossiyalik xakerlar esa alohida masala

  •   Saroy
  •  945
  •  12.10.2018 17:42

Kiberjinoyatchilar 1,3 trillion dollar ishlab olishgan, rossiyalik xakerlar esa alohida masala

Oddiy jinoyatchilar ham kiber jinoyatchiga aylangandan keyin maxsus xizmat idoralarida nimalar kechmoqda? Huquq tartibot organlari uchun nima yetishmaydi va qaysi trendlar hozir dolzarb hisoblanadi? «Interpol» va Germaniya kiberpolitsiyasining bashoratlari qanday? Yaqin orada Rossiyaga ham kiber hujum uyushtiriladimi?

Yaqinda bo‘lib o‘tgan CyberCrimeCon konferensiyasida ana shu masalalar muhokama qilindi.

Xorijiy nashrlarda yana  «rus xakerlari» haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi.  The Telegraph xabar qilishicha, rossiyaliklarning kiber hujumidan  Buyuk Britaniyaning to‘rtta kompaniyasi zarar ko‘rgan. AQSh energetika vaziri  Rik Perri sentyabrda Moskvaga tashrif buyurganida rus xakerlarini AQSh elektrota’minoti tarmog‘ini buzib kirganlikda aybladi.

O‘QING:Maqsad kriptovalyuta topish: xakerlar hukumat saytlariga ham kirib borishmoqda

“Endi Rossiyaga ham javob hujumi uyushtiriladimi”, degan savolga Group-IB kompaniyasi rahbari Ilya Sachkov – “Albatta uyushtiriladi, javob hujumi o‘zini uzoq kuttirmaydi” dedi, CyberCrimeCon konferensiyasida so‘zga chiqib.  Uning aytishicha,  birinchi navbatda kiber hujumga energetika korxonalari uchraydi.

Masalan, nishon  «RusGidro», «Moskva  elektrotarmoqlar birlashmasi» va boshqa korxonalar bo‘lishi mumkin. Xakerlar hujumi natijada elektr ta’minoti izdan chiqishi mumkin.  

Agar shunday bo‘lsa hujum qilgan tomon ham hujumga uchragan tomon ham yomon oqibatlarga duch kelishi mumkin.  deydi ekspert. — Biroq, hozircha aynan qaysi mamlakat qarshi hujumni uyushtirishi noma’lum.

«Bizda istalgan mamlakat politsiyasi bilan aloqa qilish imkonini beradigan katta tarmoq mavjud, — deydi  «Interpola»ning kiberjinoyatchilikka qarshi kurash departamenti eksperti Reymond Kao.  Uning ta’kidlashicha, «Interpol»ning   Janubiy Amerika, Afrika, Yevropa va boshqa mintaqalarda 7 ta filiali ishlab turibdi.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling: bank xakerlari harakatda

«Interpol» ma’ruzasidan muhim ma’lumotlarni keltiradigan bo‘lsak, ular quyidagicha:

Onlayn-jinoyatchilik rivojlanmoqda. «Interpol» zararli dasturlarning ortib borayotganini kuzatib turibdi va eng xavflisi, zarar keltiradigan qurilmalar sonining ko‘payib  borayotganidir. Jinoyatchilar orasida darknet va kriptovalyutalar ommalashib bormoqda.

Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, kiberjinoyatchilar faoliyati davomida 1,3 trillion dollar ishlab topgan. Bu juda katta pul. Turli mamlakatlar tuzilmalari bir-biri bilan uzaro hamkorlik qilmasa,  jinoyatchilikning faqat bir qismini ko‘ra oladi. Bu borada «Interpol» muvofiqlashtiruvchi rolni bajarishi mumkin. Uning eng zamonaviy tizimi, intellektual idorasi bor. 

Kiberjinoyatchilikni yakka tartibda sifatli tahlil qilish mushkul masala. Shu bois  «Interpol» 2017 yildan buyon hamkorlari bilan aloqani mustahkamlashga harakat qilib  keladi. Ular orasida rossiyaliklar ham bor. «Kasperskiy laboratoriyasi», Group-IB kompaniyalari shular jumlasidandir.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qabul qilinayotgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar kiberjinoyatchiliklar ortidan quvib yeta olmayapti. Ular oflayn-dunyo uchun yaratilgan. Xitoy donishmandi Sun-szi o‘zining  «Urush san’ati» kitobida shunday yozgan edi: «Dushman haqidagi ma’lumotlarni avvaldan hisob-kitoblar tahlillar orqali bilib bo‘lmaydi. Uni dushman ahvolini yaxshi biladigan odamlardan olish kerak». Qadimxitoy falsafasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga juda mos keladi.

Kiberhujumga duch kelgan vakzal tablosi 

O‘QING:Xakerlar hatto Pavel Durov akkauntiniyam buzib kirishdi!

«Dunyoda taxminan 700 turdagi zararli dasturiy ta’minot mavjud, — deydi Germaniya kiberpolitsiyasi bo‘limlaridan birining rahbari  Xeyko Lor. — Bizning hisob-kitobimizcha,  viruslar miqdori  o‘tgan yilga qaraganda 54 foizga ortgan.

So‘nggi yillarda IoT-botnetlar orqali juda ko‘plab hujumlar uyushtirilmoqda. Ayni paytda, Germaniyada IoT-botnetlar harakati jinoyatchilikka tenglashtirildi.

Biz kiberhujum uyushtirayotganlarning hamda  mijozlarining  malakasi yildan yilga ortib borayotganini kuzatmoqdamiz. Oddiygina «Ivan Ivanovich» bemalol xakerlarga murojaat qilishi va kerakli ma’lumotlarni pulga sotib olishi mumkin. Amalda, xuddi do‘konga kirganday gap.

Germaniya — iqtisodiy taraqqiy etgan markazlardan biri sifatida kiberjosuslar e’tiborini o‘ziga ko‘proq jalb qilayotgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. Shu bois, davlat uchun faoliyati o‘ta muhim bo‘lgan ob’yektlar tez-tez kiberhujumga uchramoqda. 2017 yilda  DDoS-hujumi  Deutsche Telekom operatoriga uyushtirildi, qariyb 100 ming router ishdan chiqqandi o‘shanda. O‘tgan yili esa  WannaCry Germaniya temir yo‘llari  konserni Deutsche Bahn’ga hujum uyushtirdi. Bu esa poyezd harakatlariga server yo‘nalishida ta’sir qildi. Bunday hujumlar soni barqaror ravishda o‘sib bormoqda.

O‘QING:15 millionta bank kartasini o‘g‘irlagan shovvozlar: ukrainalik xakerlar guruhi qo‘lga tushdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.