Kogon tumanida «Raqamli texnologiyalar markazi» ishga tushdi

  •   DiMaX
  •  842
  •  01.04.2019 08:41

Kogon tumanida «Raqamli texnologiyalar markazi» ishga tushdi

Joriy yilning 31 mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidagi pochta aloqasi tarmog‘i binosida «Raqamli texnologiyalar markazi» ish boshladi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Mirzaobodda ham «Raqamli texnologiyalar markazi» ochildi

Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, markaz qisqa muddatda zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar beriladi.

Shuningdek, ochilish marosimida Kogon shahar hokimi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qayd etish lozimki, vazirlik tomonidan ilg‘or xalqaro tajribalar asosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari respublika bo‘yicha tashkil etilmoqda.

Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar beriladi, startap-loyihalarga yordam ko‘rsatiladi.

Prezident tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus asosida vazirlik tomonidan respublikamizning barcha tuman va shaharlarida shunday markazlar tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilgan.

O‘QING: Namanganda «Raqamli texnologiyalar markazi» tashkil etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!