Koinot hamma uchun: AQSh Milliy iftixori sanalgan apparat Yevropada ishlangan bo‘lib chiqdi

  •   Saroy
  •  1362
  •  28.07.2018 12:42

Koinot hamma uchun: AQSh Milliy iftixori sanalgan apparat Yevropada ishlangan bo‘lib chiqdi

«Amerikada ishlab chiqarilgan» ko‘rgazmasida namoyish qilingan eksponatlarning biri ishtirokchilarning hafsalasini pir qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Amerika iftixori deb hisoblanayotgan Orion koinot kemasining yangi kapsulasi Yevropada ishlab chiqarilgan uskunalar yordamida tayyorlangan ekan.

“Bu yerda, ya’ni Oq uy oldidagi maysazorda koinot kapsulasi. Uning har bir detali Amerikada tayyorlangan”.

Prezident Donald Tramp ko‘rgazma ishtirokchilarini Orion koinot kemasi ekipaji uchun tayyorlangan yangi bo‘lma bilan tanishtirar ekan, ana shunday so‘zlarni g‘urur bilan ta’kidlab qo‘ydi. Xo‘sh nima bo‘pti, demoqchimisiz? Gap shundaki, AQSh Prezidenti bu gaplarni aytayotganda apparatni yaratishda Yevropa kompaniyalarining ishtiroki haqida bir og‘iz ham gap aytmadi, ammo Yeropa bilan iqtisodiy urushni eslab qo‘ydi.

O‘QING:NASA o‘zga sayyoralarni insoniyatdan himoya qilmoqchi

Mazkur apparat yuz foiz Amerikaniki emas. Kemaning xizmat moduli va  dvigateli  to‘laligicha Yevropada tayyorlangan komponetlardan yasalgan. Modulni yaratish bilan bosh qarorgohi Fransiyaning Tuluza shahrida joylashgan Airbus korporatsiyasi shug‘ullangan. Dvigatelni yaratishda Yevropaning boshqa kompaniyalari ham ishtirok etgan. NASA endi o‘zining koinot apparatini boshqarish uchun ilk bor Yevropada yaratilgan tizimdan foydalanadi.

Globalizatsiya tufayli ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan murakkab detallar yuz foiz AQShda tayyorlanayotgani yo‘q. Masalan, o‘tgan yilgi ko‘rgazmada  Donald Tramp yangi Boeing havo kemasini faxr bilan namoyish qilgandi. Aslida, ushbu mashinaning ham uchdan bir qismi xorijiy mamlakatlarda tayyorlangan.

O‘QING:NASA insonni Marsga eltuvchi raketa dizaynini yakunladi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!