Koinotshunoslar adashmayaptimi? O‘zga sayyoraliklar “darbadar” yulduzlar ortida yashiringan bo‘lishi mumkin

  •   Saroy
  •  2677
  •  09.08.2018 15:56

Koinotshunoslar adashmayaptimi? O‘zga sayyoraliklar “darbadar” yulduzlar ortida yashiringan bo‘lishi mumkin

Astrofizik Den Xuperning fikricha, kelajakda bizning avlodlarimiz tunlari osmonda umuman boshqa yulduzlarni ko‘radilar. Zero, bu cheksiz olam doimiy ravishda kengayib bormoqda va ular bilan birga, yulduzlar xaritasi ham o‘zgarib boradi. Agar koinotshunos rost gapni aytayotgan bo‘lsa, demak bu mantiq olamdagi barcha  ongli  hayotga taalluqli bo‘ladi  va bu bizning o‘zga sayyoraliklarni topishimizda qo‘l kelar.

O‘QING:Astrofiziklar koinotda sirli signalni payqashdiXuper nazariyasi hali oxirigacha o‘rganilmagan “Dayson sferasi” nomli yangi texnologiya bilan bog‘liqdir. Dayson sferasi uzoq keljakda boshqa sayyoralarning resursini so‘rib olish o‘rniga (masalan, yerning resursini so‘rib olganimiz kabi) yulduzni  uning barcha energetik salohiyatini ishga solib “elektrostansiyaga” aylantirish nazariyasini ilgari suradi.  O‘n milliard yillardan keyin bu kabi texnologiyalar insoniyatning galaktikada yashab qolish garovi bo‘lib xizmat qiladi.

O‘QING:Tumanli Andromedani qotillikda ayblashmoqda

Maqola muallifining fikricha, o‘zga sayyoraliklar (agar ular qayerdadir bor bo‘lsa)  allaqachon Dayson sferasidan foydalanishmoqda. Buning ustiga, ularni ulkan dvigatel bilan jihozlagan, chunki energiya manbaini galaktikaning kerakli joyiga ko‘chirib turish kerakda (masalan resursi tugab bo‘lgan yulduzlarga). Shunday qilib, yulduzlarning joyini o‘zgartirishi, yoki ko‘chib yurishi bizga o‘zga sayyoraliklarning iziga tushishishimiz uchun qo‘l kelar.

Shu bois astrofiziklar qidiruvni galaktikaning yulduzlar noodatiy joylashgan  qismida olib borishni taklif qilmoqdalar. So‘ngra ularning orasida qaysi yulduz ko‘rinmayotganini va ular qayerga ko‘chib o‘tganini aniqlab olish lozim. Garchi bu nazarilar gollivud filmlari syujetlariga o‘xshasa-da, maqola nufuzli olim tomonidan yozilib, nufuzli nashriyotlarda chop etilgani e’tiborga loyiq.  Ehtimol, bunda bir hikmat yashiringandir?

O‘QING: UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!