“Ko‘rinmas” bombardimonchi samolyot kelasi yilda ko‘rsatiladi.

  •   Saroy
  •  1254
  •  20.10.2018 16:33

“Ko‘rinmas” bombardimonchi samolyot kelasi yilda ko‘rsatiladi.

Xitoy hukumati H-20 stels-bombardimonchi samolyotini yaratishda “misli ko‘rilmagan” darajada muvaffaqiyatga erishilganini ta’kidlashmoqda. Uning taqdimoti kelasi yilda bo‘lib o‘tadi.

Ilk ko‘rinmas–bombardimonchi samolyot 2019 yil noyabrda bayramona nishonlanishi kutilayotgan Xitoy harbiy havo kuchlarining 70 yilligida ko‘rsatiladi. Shunga parallel ravishda “yuqori klasdagi  strategik bombordimonchi qism”ni tashkil etish rejasi ham e’lon qilindi. Xitoylik harbiylar hatto yangi tuzilmaning emblemasini ham namoyish qilishgan.

O‘QING:Su-35S AQShning “ko‘rinmas” samolyotini ko‘rib qoldi

Yangi bombardimonchi samoyotning tafsiloti haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Faqat bir narsa ma’lumki, u “uchayotgan qanot” tuzilishida bo‘ladi, xuddi Amerikaning B-2 samolyotiga o‘xshaydi. Shuningdek, xabarda aytilishicha, Xitoy oliy qumondonligi konstruktorlardan bir marta yoqilg‘i quyilgandan keyin bir yo‘la 8000 kilometrga to‘xtamasdan ucha oladigan samolyotni kutishmoqda.

Samolyotning prototipi 2013 yildan buyon maxfiy ravishda sinov parvozlarini amal oshirib keladi. Uni foydalanishga topshirish vaqti esa 2025 yil qilib belgilangan. H-20 Xitoy harbiy havo kuchlarining eskirib qolgan H-6 samolyoti o‘rnini egallashi kerak. Chunki  H-6 — sobiq SSSRning Tu-16 samolyotidan litsenziyalashgan  nusxa hisoblanadi. U 1950 yillarda ishlab chiqilgan edi.

O‘QING:Samolyotlar o‘rgimchak tolasidan tayyorlanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!