Kosmosga birinchi sayyohlik yo‘llanmalari sotilmoqda

  •   DiMaX
  •  630
  •  13.11.2020 15:56

Kosmosga birinchi sayyohlik yo‘llanmalari sotilmoqda

Axiom Space kosmik sayyohlar bilan birinchi shartnomalarni imzoladi. Ular SpaceX kompaniyasining fazo kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga sayohat qilishadi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: «Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

«Uch nafar xususiy astronavt va komandirdan iborat xalqaro ekipaj (sobiq NASA astronavti Maykl Lopes-Alegriya) Axiom bilan shartnoma imzoladi. Boshqacha qilib aytganda, orbitaga chiqqan birinchi xususiy tarkib shakllandi», – deb yozgan Axiom Space.  Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, birinchi reys 2021 yil oxiridan avval amalga oshirilmaydi.

2020 yil mart oyida Axiom Space kompaniyasi SpaceX bilan uchta kosmik sayyohni XKSga yetkazib berishga kelishib olgan. Ekskursiyaning davomiyligi o‘n kunni tashkil etadi: ikki kun parvoz va stansiyada sakkiz kunlik dam olish.

NASA moliyaviy direktori Jeff Devit ilgari aytganidek, Crew Dragon’dagi parvoz va XKSda bir necha kun dam olish sayyohga 59 million dollarga tushadi.

O‘QING: Ilon Mask xalqaro qonunlarni tan olmaydi – Marsda u o‘z qonunlarini o‘rnatmoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!