Kuchaytirilgan Moto Z3 Play sotuvga chiqdi

  •   Saroy
  •  617
  •  23.06.2018 12:32

Kuchaytirilgan Moto Z3 Play sotuvga chiqdi

Hozirda Xitoyning Lenovo kompaniyasiga qarashli bo‘lgan Motorola kompaniyasi Moto Z3 Play smartfonining yanada kuchli versiyasini taqdim etdi. Model qora rangda bo‘lib, xotira sig‘imi yanada kengaytirilgan. Yangi qurilma Braziliyada sotila boshladi.

Agar Moto Z3 Play’ning standart versiyasi  3 yoki 4 GB tezkor  va  32 yoki  64 GB ichki xotiraga ega bo‘lgan bo‘lsa, yangi versiyasi 6 GB li tezkor va 128 GB li ichki xotira bilan ta’minlanadi. Qurilmaning standart versiyasi 600 AQSh dollari turardi, yangi versiyasi   716 AQSh dollariga baholandi.

Moto Z3 Play hozir urf bo‘lgan romsiz dizaynda chiqarilgan bo‘lib,  Moto Mod paneli bilan qo‘llab-quvvatlangan. Qolaversa smartfonning yana bir maqtansa arziydigan jihati, bu asosiy qo‘sh kamerasi va yon qirrasidagi barmoq izlari skaneri borligidir.

O‘QING: Moto Z3 flagmanining ilk rasmiy surati e’lon qilindi

Korpusi shishali Corning Gorilla Glass panelidan va 6000 seriyadagi alyuminli romdan iborat. Moto Z3 Play smartfoni Full HD+ (2160 x 1080 piksel) formatidagi  6-dyuymli displey bilan ta’minlangan bo‘lib, tomonlar nisbati 18 ga 9. Asosiy qo‘sh kamerasi 12+5 Mp va old kamerasi 5 Mp.

Qurilma sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 636 protsessoriga va  3000 mAch sig‘imli akkumulyatorga ega.

Moto Mod paneliga modulli ulash uchun konnektor hamda  USB Type-C mavjud. Smartfon Android 8.1 Oreo tizimida ishlaydi.

O‘QING: Motorola One Power bozorda o‘z o‘rnini topishga hozirlik ko‘rmoqda

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!