KUTILMAGAN VIDEO: Antarktidada yana NUJ – boshqa sayyoraliklar fazo kemasi topildi!

  •   DiMaX
  •  5675
  •  06.12.2018 13:52

KUTILMAGAN VIDEO: Antarktidada yana NUJ – boshqa sayyoraliklar fazo kemasi topildi!

O‘zga sayyoraliklar va noma’lum uchar jismlar bilan shug‘ullanuvchilar – ufologlar Yerning turli burchaklaridan ularning izlarini topganliklarini aytib charchashmayapti. Jumladan, yaqinda Antarktidada buning isboti topilganini e’lon qilishgandi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: «Antarktidaga o‘zga sayyoraliklar fazo kemasi qo‘ndi!»

Boshqa sayyoraliklarning Yerga tashrifini isbotlovchi yana bitta dalil topildi, demoqda UFOmania nomli YouTube-kanal muallifi. Unga ko‘ra, diametri taxminan 15 metr keladigan bu sirli ob’yektni Google Earth servisi yordamida aniqlashgan. Bu jism yonida shu joygacha sezilar-sezilmas chiziq ham mavjudki, uni tormozning izi, deyishmoqda.

Ufologning ishonch bilan da’vo qilishicha, o‘zga sayyoralik mehmonlar Antarktidada shoshilinch tarzda majburiy qo‘nishlariga to‘g‘ri kelgan. Yuqoridagilardan tashqari, «uchish apparati»da to‘rtta antenna ham ko‘zga tashlanadi. Uning yonida esa kvadrat shaklidagi tushunarsiz inshoot mavjud.

O‘QING: Koinotshunoslar adashmayaptimi? O‘zga sayyoraliklar “darbadar” yulduzlar ortida yashiringan bo‘lishi mumkin

Mana, videoni tomosha qilamiz:

Ammo mazkur lavhaga izoh yozgan YouTube foydalanuvchilari ko‘proq tanqidiy munosabat bildirishgan. Ularning ta’kidlashlaricha, tasvir sifati o‘ta past, noma’lum ob’yekt esa shunchaki muz parchasi bo‘lishi ham mumkin. ularga javoban havaskor ufologlarning yozishlaricha, NASA tashkiloti haqiqatni yashirish uchun ataylab Google Earth servisida shu joyning tasvirini xiralashtirib qo‘ygan.

O‘QING: NASA istasangiz sizga koinotda selfi qilish imkonini beradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!