Kuzda namoyish etiladigan iPhone XI videosini tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1755
  •  22.01.2019 13:06

Kuzda namoyish etiladigan iPhone XI videosini tomosha qilamiz!

Apple smartfonlarining navbatdagi avlodi taqdim etilishiga hali yarim yildan oshiq vaqt bor. Ammo allaqachon 2019 yilgi ayfonlarning ayrim xususiyatlari haqida turli ma’lumotlar «sizib» chiqmoqda.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Ushbu ma’lumotlar asosida dizaynerlar iPhone XI tashqi ko‘rinishini ifodalovchi konseptual videolarni ham e’lon qilishmoqda. ConceptsiPhone kanali uchun dizayner Hasan Qaymoq (Hasan Kaymak) tomonidan tayyorlangan videolavha ham qiziq:

Mazkur konseptga ko‘ra, iPhone XI modelida an’anaviy Lightning porti o‘rniga hozirda ommalashib borayotgan USB Type-C porti qo‘llangan. Unda Touch ID skaneri displeyning o‘ziga tatbiq etilgan. Shuningdek, smartfonning umumiy dizayni iPad Pro 2018 uslubida ishlangan.

Shuningdek, uch modulli asosiy kameraning aniqligi 48 megapiksellik bo‘lib, lazerli avtofokusga ega. Ekrandagi «kemtik» ham avvalgi modellarga nisbatan ixchamlashtirilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da iPhone narxlari (2019 yil 16 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!