Layklar bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatgan suratni tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  3523
  •  15.01.2019 10:51

Layklar bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatgan suratni tomosha qiling!

Odatda ijtimoiy tarmoqlarda top-modellar, aktrisa va xonandalarning rasmlari, shuningdek, biror kuchli ijtimoiy ahamiyatga ega tasvirlar eng ko‘p ko‘riladi, layklanadi va izohlanadi. Ammo kuni kecha Instagram tarmog‘ida eng ko‘p layk to‘plagan surat umuman boshqacha!

O‘QING: YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

Instagram foydalanuvchilaridan biri antiqa ishga qo‘l urdi: u ijtimoiy tarmoqlardagi layklar sun’iy va noxolis mexanizmlar asosida yig‘ilishini ko‘rsatib berdi. Buning uchun u shunchaki tovuq tuxumining oddiygina suratini Instagram’ga joylab, o‘z niyatini aytgan holda, rekord darajada layk yig‘ish uchun unga ovoz berishlarini so‘radi.

Buni qarangki, chindan ham unga hamfikrlar ko‘p chiqdi va tuxum surati 38 milliondan oshiq layk oldi! To‘g‘ri, unga qiziqish qisqa muddatli bo‘ladi, ammo shu faktning o‘ziyam bitta narsani isbotlaydi: hatto umuman foydasi bo‘lmagan harakatga ham keng ommani jalb etish mumkin ekan.

O‘QING: Facebook tasmamizdan keraksiz post va layklarni o‘chiramiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.