Lenovo ham xuddi Huawei Mate 20 Pro singari «to‘rt ko‘zli» kameraga ega smartfonini reklama qila boshladi!

  •   DiMaX
  •  424
  •  01.10.2018 12:20

Lenovo ham xuddi Huawei Mate 20 Pro singari «to‘rt ko‘zli» kameraga ega smartfonini reklama qila boshladi!

Huawei kompaniyasi shu oyda Mate 20 hamda Mate 20 Pro smartfonlarini taqdim etishi ma’lum – ularning bosh kamerasi «kvadrat» shaklidagi joylashuvi bilan ham originaldir. Xitoylik texnogigant mazkur flagmanlari reklamasida kupertinolik smartfonsozning ustidan kulayotganidan ham xabaringiz bor.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Endi yana bir xitoylik smartfonsoz ham xuddi shunday joylashuvchi to‘rtta modulli kameraga ega smartfon tayyorlaganini aytayotir. Ya’ni, Lenovo kompaniyasi vitse-prezidenti Chang Cheng (Chang Cheng) uning reklama tizerini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Tizer to‘rtta kamerali va «sun’iy idrok» funksiyalariga ega smartfonga ishora qilayotir. Kamera ob’yektivlarining joylashuvi xuddi Huawei Mate 20 hamda Mate 20 Pro modellaridagiga o‘xshash.

Afsuski, yangi smartfonning na modeli, na texnik xususiyatlari hozircha ma’lum emas. Faqat «to‘rt ko‘zli» bu gadjet mana shu oktyabr oyida rasman namoyish etilishigina aytilayotir.

Darvoqe, joriy oyda mazkur kompaniyaning Lenovo Z5 Pro rusumli romsiz slayderi taqdim etilishi kutilmoqda. Biz uning «jonli» videosini ham e’lon qilganmiz. Ehtimol, bosh kamerasi to‘rtta modelli smartfon aynan u bo‘lib chiqar.

O‘QING: Lenovo oktyabrdagi taqdimotgacha sabri yetmay, romsiz Z5 Pro smartfonini ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!