Lenovo Moto C, Moto M va Moto X smartfonlar lineykasini joriy yilda to‘xtatadi

  •   Saroy
  •  312
  •  06.10.2018 12:55

Lenovo Moto C, Moto M va Moto X smartfonlar lineykasini joriy yilda to‘xtatadi

Tarmoqlarda Motorola kompaniyasi smartfonlarining kelgusi lineykalari bilan bog‘liq ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ushbu xabarning tafsilotlari bilan mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, Lenovo kompaniyasi bu yil smartfonlarining bir yo‘la uchta lineykasini yopadi. Ular: Moto C, Moto M va Moto X. Umuman olganda, bu qarorning ajablanadigan joyi yo‘q. Chunki ushbu lineykaga mansub  qurilmalar yangilanmaganiga ham ancha vaqt o‘tdi. Masalan, oxirgi Moto X4 bundan bir yil oldin chiqqan edi, Moto M esa 2016 yildan buyon yangilangani yo‘q.

O‘QING:Motorola’dan bir yo‘la to‘rtta smartfon: hammasi o‘rta toifada

Bundan tashqari,  Blassning qo‘shimcha qilishicha, kelasi yilda Moto G7’ning rekord darajada ko‘p  modeli chiqadi, bular: Standard, Play, Plus va Power.

Avval tarqalgan xabarlarga ishonadigan bo‘lsak, Moto G7’ning standart versiyasi 6.4-dyuymli Full HD+ sig‘imidagi kengformatli displeyga ega bo‘ladi. Qurilmaning ishlashini sakkiz yadroli protsessor ta’minlaydi. Shuningdek apparat 4/64 GB’ga modifikatsiyalangan ikkitalik asosiy kamera va sig‘imi 3500 mAch bo‘lgan batareya bilan ta’minlanadi. 

O‘QING:Hamma yoqda josuslar: Motorola OnePower tasviri anonsdan avval oshkor etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!