LG G6 Mini’ning ilk suratlari tarqaldi

  •   DiMaX
  •  1345
  •  01.05.2017 10:26

LG G6 Mini’ning ilk suratlari tarqaldi

LG’ning flagman smartfoni – G6 modeli aprelda bozorlarga chiqdi va o‘ziga yarasha ommalashib bormoqda. U bir sutka muz ichida «jon saqlagani»ni ham ta’kidlash kerak.

Endi esa kompaniya tez orada uning nisbatan ixchamlashtirilgan versiyasini ham taqdim etadigan ko‘rinadi. Bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan, biroq hali taqdim etilmagan LG G6 mini’ning fotosuratlari allaqachon internetda tarqalib ulgurdi.

O‘zining 5,7 dyuym diagonalga ega displeyli «katta» modelidan farqli ravishda, mini-variant ekrani diagonali 5,4 dyuym bo‘ladi.

LG G6’ning ikkala modelida ham tomonlarning o‘zaro nisbati bir xil – 18:9. Afsuski, yangi ixcham telefonning boshqa xususiyatlari sirligicha qolmoqda.

Ehtimol, LG bu mini-versiyaning qiymatini pasaytirish maqsadida uning ichidagi nimanidir almashtirar. Yoki barcha funksionalini shu holida saqlaganicha, narxini baland qo‘yar.

Darvoqe, yana bir narsani eslatib o‘tish kerak: LG G6 mini – mazkur smartfonning «rasmiy» nomi emas.