LG kompaniyasi Jizzaxda 40 million dollarlik qanday loyiha amalga oshirmoqchi?

  •   DiMaX
  •  1658
  •  16.02.2019 10:00

 LG kompaniyasi Jizzaxda 40 million dollarlik qanday loyiha amalga oshirmoqchi?

Janubiy Koreyaning yetakchi LG International Co.Ltd kompaniyasi bilan 40 million AQSh dollarlik shartnoma yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bergan.

O‘QING: O‘zbekistonda investitsiya portali ishga tushdi

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatining bu haqda ma’lum qilishicha, LG Internatioanal Co.Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Djun X.Kim boshchiligida tashrif buyuruvchilarni viloyat hokimi o‘rinbosari A.Ahmadxo‘jayev hamda viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i B.Akramov kutib olishdi.

A.Ahmadxo‘jayev viloyatda keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda amalga oshirilayotgan ishlar va Jizzax viloyatida joriy yilning 1 martidan «Ilg‘or hudud» dasturining istiqbollari va viloyatning investitsion va turizm salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘z o‘rnida, LG Internatioanal Co.Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Djun X.Kim so‘zga chiqib, 2018 yil 29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida imzolangan umumiy qiymati 40 mln. AQSh dollariga teng «BOPP plyonka ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish» loyihasi yuzasidan to‘xtaldi. Bitimning keyingi istiqbollari va loyihani amalga oshirish belgilangan hududning ahamiyati, ushbu loyihani jadallashtirish borasida ham fikr almashildi.

Uchrashuvda tomonlar loyiha doirasidagi keyingi amaliy ishlar to‘g‘risida kelishib oldilar.

O‘QING: Hokim o‘rinbosari: Toshkent kanallari atrofida Wi-Fi hududlar tashkil etiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!