LG V40 ThinQ smartfonining to‘rttala kamerasiga ta’rif berildi

  •   Saroy
  •  740
  •  02.10.2018 14:04

LG V40 ThinQ smartfonining to‘rttala kamerasiga ta’rif berildi

LG V40 ThinQ haqida o‘tgan haftada ma’lum qilingan edi va 3 oktyabrda sotuvga chiqishi ham aytilgandi. Bungacha ishlab chiqaruvchi uning rasmiy tavsifini oshkor qilmagandi. Biroq yaqinda tarqatilgan norasmiy xabarlarda yangi kamerafon aynan qaysi sensorlarga ega bo‘lishi ma’lum qilindi.  Materialni Evan Blass (@evleaks) e’lon qilgan.

O‘QING:LG beshta kamerali V40 ThinQ flagmanini ilk rasmiy videoda ko‘rsatdi

LG V40 ThinQ orqa panelida uchta asosiy kamera bilan jihozlangan, u uchta sensordan iborat bo‘ladi: oddiy, superkengburchakli va telefoto. Old panelida yana ikkita sensor mavjud — oddiy va kengburchakli.

Asosiy  sensor  16 megapikselli va  f / 1.5 diafragmali bo‘ladi, superkengburchaklisi — 13 Mp i f / 1.9 bo‘lib, u fiksirlashtirilgan fokusda bo‘ladi, zum uchun esa 8-megapikselli sensor ishlatiladi. LG mazkur V40 ThinQ  smartfonining to‘liq tafsilotlarini ikki kundan keyin oshkor qiladi.

O‘QING:Apple, LG va Sharp birgalashib, Samsung’ning «oyog‘iga bolta urishmoqchi»!

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!