LG yaqinda 1800 dollarlik smartfon chiqaradi, uyam yangi model emas

  •   DiMaX
  •  1796
  •  28.07.2018 15:25

LG yaqinda 1800 dollarlik smartfon chiqaradi, uyam yangi model emas

Joriy yilning avgustida LG kompaniyasi qiymati 1790 dollarlik telefon taqdim etmoqchi. Lekin u yangi rusumga mansub emas, balki sanoqli chiqariluvchi V35 Signature Edition versiyasidir.

O‘QING: LG kompaniyasi iPhone X’dan ham qimmat premium-smartfon chiqardi

Eslatib o‘tamiz, V35 ThinQ bu – aslida V30 ThinQ modelining modifikatsiyalaridan biridir. U ilg‘or Qualcomm platformasi hamda G7 modelidagi singari kuchli kamera bilan ta’minlangan. Endi uning Signature Edition versiyasiga kelsak, bu talqindagisi tashqi ko‘rinishi jihatidan ham bulardan farqlanadi, keramik qoplamaga hamda 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Mazkur kompaniya o‘tgan yili ham shunga o‘xshash – LG Signature Edition smartfonini (yuqoridagi suratda) chiqargandi. Shunga ko‘ra taxmin qilish mumkinki, uning V35 Signature Edition versiyali qurilmasi ham faqatgina Janubiy Koreyada sotilsa kerak. Darvoqe, mazkur modifikatsiyali smartfondan atigi 300 dona ishlab chiqariladi.

O‘QING: Nokia’ning navbatdagi flagmani iPhone X’dan qimmat, ammo bu bekorga emas!