Madaniyatni targ‘ib etishda innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi

Madaniyatni targ‘ib etishda innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi

"O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi prezident qaroriga ko‘ra, madaniyat sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etiladi, madaniyatni yanada keng tadqiq va targ‘ib etishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalardan samarali foydalaniladi. 

Qarorda ayni paytda milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar mavjuligi, xususan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmagani sohani keng tadqiq va targ‘ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida integratsiya qilishga yo‘l bermayotganligi ta’kidlangan.

O‘QING: Tadbirkorlik va startaplarni moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha prezident farmoni kuchga kirdi