Mail.Ru Group «Amigo» brauzerini rasman yopmoqchi

  •   Saroy
  •  1091
  •  03.08.2018 15:18

Mail.Ru Group «Amigo» brauzerini rasman yopmoqchi

Hammasi hal bo‘ldi! Mail.Ru Group kompaniyasi 2012 yilda asos solingan «Amigo» brauzerini ishlab chiqarish va tadbiq  etishni rasman to‘xtatayotgani haqida e’lon qildi.

«Do‘stlar, ushbu kun keldi. Amigo endi yo‘q. O‘zi yomon  brauzer emas edi, lekin unga aloqadagi pala-partishligi pand berdi — u yomon reklama tarmoqlari bilan o‘ralashib qoldi va endi uning nufuzini tiklab bo‘lmaydi. Bugundan boshlab Amigoni ishlab chiqarishni to‘xtatdik», — deb xabar berdi kompani rahbariyati.

O‘QING:Qarshi oling: Firefox Rocket – «reaktiv» Android-brauzer!

«Amigo» o‘zining  olti yillik faoliyati davomida nafaqat o‘z muxlislarini topa oldi, balki eng yomon brauzerlarning biriga aylandi. Shu bilan birga Mail.Ru Group’dagilar brauzerni yaratish,  tatbiq etishda va reklama tarmoqlari bo‘yicha insofsiz hamkorlarlarini ayblamoqda. «Brauzerni tarqatish uchun ular  shartnomada ko‘rsatilgan shartlarni buzib, siyqasi chiqqan yo‘ldan  foydalanishgan. Bunday harakatlar mahsulotga nisbatan yomon taassurot uyg‘otgan. Shu sababli, Mail.ru Group  Amigo brendini rivojlantirish rejasidan voz kechadi», — deyiladi tarqatilgan bayonotda.

Gap shundaki, «Amigo» litsenziyalanmagan softlarga asosan “bonus” sifatida taqdim etilardi.  «Amigo» o‘rniga foydalanuvchilar Mail.Ru Group’dan  yana o‘nlab “joni qattiq” ilovalar bilan ta’minlandi.

O‘QING:Yangi Android-brauzer tezkorlikda Google Chrome’ni ortda qoldirdi

Agar avvaldan foydalanuvchilarda ushbu brauzer bo‘lsa (agar undaylar bo‘lsa) ular kelgusida ham unday foydalanishda davom etishi mumkin.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!