Mail.ru pochtangiz bormi? Paroldan umidni uzavering!

  •   DiMaX
  •  1900
  •  25.06.2019 18:07

Mail.ru pochtangiz bormi? Paroldan umidni uzavering!

O‘zbekistonliklar orasida ham ommalashgan Mail.ru pochta servisi mijozlar uchun o‘z akkauntlariga kirishning yangi usullarini joriy etmoqchi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan.

O‘QING: Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

Kompaniya matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Mail.ru parol o‘rniga bir martalik kodlarni qo‘llamoqchi. Bu kodlar foydalanuvchilariga har gal pochtaga kirayotganida SMS-xabar yoki push-bildirishnoma orqali yuboriladi.

Mail.ru’ning ta’kidlashicha, bunday avtorizatsiya ayni o‘sha so‘rov vaqtida shakllantiriladigan betakror koddan foydalanishni nazarda tutadi. Bunday kodni bir lahzadayoq hech kim taxminlar asosida terib topa olmaydi, oldindan bilolmaydi. Ushbu kod bir martalik bo‘lib, cheklangan vaqt mobaynidagina amal qiladi. Avtorizatsiyaning bunday usuli xavfsizlik nuqtai nazaridan ishonchliroq, bundan tashqari qulayroq ham hisoblanadi.

Kelajakda kompaniya parolsiz elektron pochta qutilarini yaratishni yoki avvaldan mavjudlarida parolni qo‘llashdan voz kechishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, avtorizatsiyaning qo‘shimcha usullari ham joriy etiladi – ularda, masalan, barmoq izi yoki qiyofa skaneri singari biometrik ma’lumotlar orqali akkauntga kirish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: TOP-20: Eng yomon parollar reytingi bilan tanishing! (2019 yil aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!