«MAKTAB» tarif rejasi: eng qulay sharoitlarda xavfsiz onlayn ta’lim!

  •   DiMaX
  •  10009
  •  16.09.2020 14:33

«MAKTAB» tarif rejasi: eng qulay sharoitlarda xavfsiz onlayn ta’lim!

Avvalroq uyali aloqa operatorlarimizdan biri oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari talabalariga mo‘ljallangan «Talaba» nomli yangi tarif rejasini taqdim etgan edi. Shundan so‘ng «TA’LIM» tarif rejasi va maxsus internet-to‘plamlar ham joriy etilgan.

O‘QING: Online-maktab darslari uzatiladigan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar

Endi esa «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati mobil aloqa (Uzmobile brendi) abonentlari uchun maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan yangi tarif rejasini e’lon qildi. «MAKTAB» nomli ushbu tarif rejasi faqatgina O‘zbekiston umumta’lim maktablarining o‘quvchilariga mo‘ljallangan, deb yozadi UZTELECOM.

«MAKTAB» tarif rejasida o‘quvchilar uchun 29 900 so‘m oylik to‘lovi evaziga 5000 MB internet-trafik, tarif ichida 500 daqiqa (O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqa) va 500 ta SMS taqdim etiladi. Bundan tashqari, abonent masofaviy ta’lim uchun o‘quv va axborot platformalari resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini, shuningdek ZiyoNET xizmatining abonent to‘lovi uchun 50% chegirmani qo‘lga kiritadi. Ta’lim platformalarining to‘liq ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

«MAKTAB» tarif rejasi abonentlari mobil internetdan qulay foydalanishlari uchun maxsus TA’LIM internet-to‘plamlarini arzon va hamyonbop narxlarda sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, «MAKTAB» tarif rejasiga ulanish o‘quvchining ota-onasini hujjatlari bo‘yicha bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi asosida faqatgina Kompaniyaning sotuv va xizmar ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi.

Tarif haqida batafsil ma’lumot bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: «Bonuslar mavsumi» ochildi: teppa-tekinga 1 GB internet, O‘zbekiston bo‘yicha mingtadan daqiqa va SMS oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!