Malayziya kompaniyasi Xivada yuqori tezlikdagi internet joriy etadi

  •   DiMaX
  •  755
  •  23.07.2019 09:40

Malayziya kompaniyasi Xivada yuqori tezlikdagi internet joriy etadi

19 iyul kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmanov mahalliy «Hadid Engineering» kompaniyasi boshqaruvi raisi Suxpiyon Orifin bilan uchrashdi. Bu xususda Kun nashri xabar berayotir.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirdi

Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, elchixonada o‘tgan uchrashuvda Xiva shahrida yuqori tezlikdagi simsiz internetni (WiFi) joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

«Hadid Engineering» – telekommunikatsiya va injiniring xizmatlarini taqdim etuvchi, shuningdek, yirik sanoat, tijorat va uy-joy ob’yektlarini qurish bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyadir. 2019 yil yanvar oyida Toshkentda kompaniya tomonidan O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun «Hadid Kazanakh» MChJ tashkil qilingan edi. Bu yo‘nalishda Malayziyaning yirik internet provayderi «TM Global» bilan hamkorlik qilish ham ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, 2019 yil sentyabr oyida Xorazm viloyatida kompaniya vakilligini ochish haqida ham kelishib olindi. Vakillik «Hadid Engineering» kompaniyasining investitsiyalarini jalb qilgan holda Xiva shahrida va O‘zbekistonning boshqa hududlarida yuqori tezlikdagi internetni joriy qilish loyihalari bilan shug‘ullanadi.

O‘QING: Internet ulatish uchun endi uydan chiqish ham shart emas!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.