"Malika"dagi yaxshi kamerali 5 ta arzon smartfon

Hamyonbop, shu bilan birga yaxshi surat oladigan smartfonlar endi afsona emas. Xitoylik kompaniyalarning raqobatda ustun kelishga bo‘lgan ishtiyoqlari bizga arzon narx evaziga ham sifatli surat oladigan smartfon xarid qilish imkonini beradi.

Avvallari yaxshi kamerali mobil aloqa vositalari o‘rtacha 400 AQSh dollari turgan bo‘lsa, bugun ularning bahosi ikki barobarga, hatto bundan ham arzonlashdi. Quyida fotosurat va tasvirni sifatli qilib muhrlab beradigan gadjetlarni aniqlashga urinib ko‘rdik.

Xiaomi Redmi 5A hamda Redmi Note 5A — yaxshi kamera hamyonbop nrax evaziga

Xiaomi 2017 yildan boshlab kamerafonlarga alohida diqqat qila boshladi.

Yurtimizdagi bahosi: 866 700 so‘mdan boshlab.

Kamerasining yaxshi jihatlari

Yorqinlik darajasi yuqori va rang uzatishi yaxshi;

Tezkor surat oladi va saqlaydi

Suratlar sifati o‘rtacha va yaxshi

Narxi bilan taqqoslaganda, boshqa bunday yaxshi kamerafon topish imkonsiz

Smartfonnning yaxshi jihatlari:

Redmi 4A'dan farqli ravishda, Redmi Note 5A korpusi to‘liq metalldan ishlangan hamda old panel Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Redmi Note 5A'ning yuqori talqinidagina barmoq izlari skaneri joriy qilingan;

Redmi Note 5A'ning har ikkala talqini 5.5 dyuymli HD (720p) ekranga ega bo‘lgan hamda ular Android Nougat'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 proshivkasida ishlaydi;

Akkumulyator uzoqqa yetadi;

Smartfonnning kamchiliklari:

Protsessor tezkorligi o‘rtacha;

Ekran yorqinligi o‘rtacha, biroq sifatli.

Smartfonda suratga olib ko‘ramiz:

Honor 9 Lite hamda Huawei P Smart — yaxshi suratni yaxshi narxli gadjetda ham olish mumkin

Yurtimizdagi narxi: 200 hamda 180 AQSh dollaridan boshlab sotiladi.

Kameralarning yaxshi jihatlari:

Yorug‘lik yaxshi sharoitda yaxshi surat oladi

Bosh kamera orqa fonni badiiy qilib g‘ira-shira usulda muhrlaydi. Honor 9 Lite selfi-kamerasi ham shunday jihatga ega.

Smartfonlarning o‘ziga xosliklari:

18:9 standartli cho‘zinchoq ekran misoli romsiz dizaynda tayyorlangan. Displey yorqin va flagmanlarniki kabi sifatli.

Honor 9 Lite displeyining diagonali 5,65 dyuym, sig‘imi esa 2160x1080 belgiga teng. Ekran tomonlarining nisbati 18:9 ga teng va u IPS matritsali. To‘g‘risi, har dyuymda 428ppi pikselning bo‘lishi barcha foydalanuvchilarni birdek xursand qiladi.

Korpus jozibador — Honor 9 Lite shishador, P Smart — metall (plastik uloqlar bor) xomashyosidan tayyorlangan.

NFC moduli ham bor.

Tezkor protsessor ilovalarni tezkor ochsa ham, "og‘ir" o‘yin o‘ynaganda sabrli bo‘lish kerak.

Akkumulyator bir sutkaga turib beradi.

Samsung Galaxy J3 2017 kabi yaxshi kamerali va ekranli smartfonlarning protsessori foydalanuvchini xafa qiladi. Undan ko‘ra Xiaomi Mi A1 har jihatdan yaxshi devays.

O‘qing: Honor 9 Lite: Huawei 180 dollarlik "romsiz"ni taqdim qildi

Huawei Honor 9 Lite modeliga qo‘sh sensorli bosh kamera texnologiyasini ham ustalik bilan o‘zlashtirgan va bu gadjetida tatbiq qilgan. Hatto, bu gal selfilar uchun ham 2 ta kamera moduli o‘rnatilgan.

Xiaomi Redmi 5/Redmi 5 Plus kamerasi esa tungi sharoitda o‘zini yo‘qotib qo‘yadi.

O‘qing: Honor 9 Lite: Huawei 180 dollarlik "romsiz"ni taqdim qildi

Tezkor barmoq izlari skaneri, firmaning 8 yadroli, 2,36 GGs chastota tezligida ishlaydigan Kirin 659 chipseti, 3/4 Gb tezkor hamda 32/64 Gb doimiy xotirasi bilan Honor 9 Lite foydalanuvchini xursand qiladi. Shuningdek, microSD bo‘lmachasiga sig‘imi 256 gigabaytgacha bo‘lgan xotira fleshkasini o‘rnatish mumkin.

Bosh kamera modullarining sig‘imi: 13 Mp + 2 Mp. Unda PDAF va HDR kabi texnologiyalar joriy qilingan. Old kamera ham xuddi shunday sig‘imdagi 2 ta sensorlarga ega bo‘lgan.

ZTE yoik ASUS esa hamyonbop kamerafonlar ishlab chiqarish ko‘nikmasiga hali ega emas.

Shuning uchun, Honor 9 Lite/Huawei P Smart yaxshi surat olishni xush ko‘rganlar uchun ayni muddao. Honor 9 Lite/Huawei P Smart kunduzi yaxshi surat oladi.

Smartfonda suratga olib ko‘ramiz:

Samsung Galaxy J7 2017 — ideal hamyonbop smartfon

Yurtimizdagi narxi: 1 827 000 so‘m

Kamerasining o‘ziga xosliklari

Kunduz kuni ko‘ngildagidek sifatli suratlar oladi

Selfi-kamera yaxshi va fotochaqnog‘i bor

Tunda ham yorqin va yaxshi suratlar oladi

Smartfonning o‘ziga xosliklari

Galaxy J7 (2017) smartfoni 5,5 dyuymli Full HD sig‘im va Super AMOLED matritsali displey, 8 yadroli va chastota tezligi 1,6 GGs bo‘lgan Exynos 7870 protsessori bilan ta’minlangan. Unga 3 gigabaytli tezkor hamda 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, smartfonning old va orqa kamerasiga bir xil sig‘imli — 13 megapikselli modul o‘rnatilgan. Gadjet akkumulyatorining elektr toki sig‘imi — 3600 mA soat.

O‘qing: Samsung Galaxy J (2017) smartfonlarini rasman taqdim qildi

Smartfonda suratga olib ko‘ramiz:

 

Xiaomi Redmi Note 5 — yaxshi kamera, kuchli protsessor, yirik akkumulyator

Yurtimizdagi narxi: 1 680 000 so‘mdan boshlab

Kameraning yaxshi jihatlari:

Bosh kamera qo‘sh hamda sifatli sensorli;

Sutkaning har ikki paytida yaxshi suratlar oladi;

Selfi-kamera ham yomon emas;

Dasturiy barqarorlashtirish yordamida 1080p-video tasvirga oladi;

Smartfonning yaxshi jihatlari:

Devays 18:9 nisbatli, 5.99 dyuymli hamda FHD+ sig‘imli ekranga ega bo‘lgan.

Redmi Note 5 uchun 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 625 chipseti, 3/4 Gb tezkor va 32/64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.

Doimiy xotira: 32 Gb / 64 Gb, micro SD yordamida 128 gigabaytgacha oshirish mumkin;

Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2) LED fotochaqnoq va fazali avtofokus;

Selfi kamera: 5 Mp (f/2.0) LED fotochaqnoq;

Akkumulyator: 4,000 mA soat.

Smartfonda suratga olib ko‘ramiz:

Apple iPhone SE — jahondagi eng ixcham kamerafon

Yurtimizdagi narxi: 2 419 000 so‘mdan boshlab.

Kamerasining yaxshi jihatlari:
Bosh kamera ilg‘or;
Suratlarda rangning berilishi tabiiy;
Tezkor fokuslash;
Video tasvir olganda barqarorlashtirgich yaxshi, ya’ni qo‘l titraganda kadr xiralashmaydi;

Smartfonning o‘ziga xosliklari:

Ixcham smartfonda “Olma”ning ilg‘or A9 protsessori, 4K sig‘imli video suratga oluvchi 12 Mp bosh kamera, bir so‘z bilan aytganda iPhone 6s’ning barcha imkoniyatlari jam qilingan.

2016 yilning mart oyida taqdim qilingan iPhone SE alyuminiydan ishlangan metall korpusi, HD-kamera, barmoq izlari skaneri, Siri virtual yordamchisi, 3D Touch texnologiyasiga ega bo‘lmasa ham, tezkor va xavfsiz faoliyati bilan ko‘pchilikni o‘ziga maftun qilgan.

Smartfonda suratga olib ko‘ramiz:

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.