Mark Sukerberg xotiniga innovatsion «uyqu yashigi» yasab berdi: natijadan o‘zi ham hayratda!

  •   DiMaX
  •  828
  •  29.04.2019 18:14

Mark Sukerberg xotiniga innovatsion «uyqu yashigi» yasab berdi: natijadan o‘zi ham hayratda!

Facebook asoschisi o‘zining muhandislik borasidagi iste’dodini yangi yo‘nalishga burdi. U o‘z xotinining to‘yib uxlashiga yordam beruvchi «uyqu yashigi» (sleep box) yasadi.

O‘QING: Dunyoning eng boy odamlaridan biri Mark Sukerberg: u bekorga boy bo‘lmagan!

Markning Instagram orqali ma’lum qilishicha, rafiqasi Prissilla Chan hamisha uyg‘onib ketib, smartfoniga qarab vaqtni tekshiradi. Chunki u uxlab qolib, bolalarini o‘z vaqtida uyg‘ota olmaslikdan cho‘chiydi. Lekin bir uyg‘onganidan so‘ng uxlashi qiyin bo‘ladi, natijada uyquga to‘ymay qoladi.

Shuni o‘ylab, Mark Sukerberg xotini uchun innovatsion «uyqu yashigi» ixtiro qildi. Mazkur yashikcha krovat yonidagi tumbochka ustiga qo‘yiladi va ertalabgi soat 6–7 lar orasida mayin yorishadi.

Uxlayotgan kishi esa uyg‘onish vaqti kelganini aniqlash uchun unga qarashi kifoya – smartfonni olish, undan soatni ko‘rish shart emas. Agar yashik yorishmagan bo‘lsa – uyquni «kelgan joyidan» davom ettiraversa bo‘ladi.

«Bu men kutganimdan ko‘ra yaxshiroq ish berdi», deydi Facebook rahbari, hayratini yashirmasdan. Demak – uni «aqlli uy»lar uchun yangi devays darajasiga yetkazib, ommaviy ishlab chiqarsa bo‘ladi. Ayniqsa, olimlar smartfonni o‘rindan uzoqroq tutishni tavsiya etayotganini hisobga olsak, «uyqu yashigi»ning ahamiyatini yanada yaxshiroq fahmlaymiz.

O‘QING: Tez uxlab qolib, tiniqib uyg‘onishga yordam beruvchi «aqlli» bilaguzuk (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.