Mashhur optik illyuziyaning siri ochildi

  •   Saroy
  •  2169
  •  24.09.2018 11:56

Mashhur optik illyuziyaning siri ochildi

Avstraliyaning Flinders universiteti tadqiqotchilari guruhi  nima uchun odamlar “Mening rafiqam va mening qaynonam” nomli mashhur kartinada turli obrazlarni ko‘rishini tashuntirib berishdi. Ushbu kartina eng mashhur optik illyuzalarning biri  hisoblanadi.  Mutaxassislar dunyoning 22 ta mamlakatida 18 yoshdan katta bo‘lgan 666 kishiga savol bilan murojaat qilishdi. Uning natijasi  Business Insider nashrida e’lon qilindi.

Keyin so‘ralganlarning orasidan 393 kishi (AQSh fuqarolari) qoldirildi. Ularning 242 nafari erkak, 141 nafari ayol bo‘ldi, 18 yoshdan 68 yoshgacha bo‘lgan so‘rov qatnashchilarning o‘rtacha yoshi 33 ni tashkil etgan. Ularga kartinani yarim soniya ko‘rsatishgan va unda tasvirlangan ayolning taxminiy yoshi qanchaligi so‘ralgan.

O‘QING:Mashhur kartinalardan kinolavha ishlaydigan dastur yaratildi

Mutaxassislarning aniqlashicha, kartinadagi tasvirni qabul qilish respondentning yoshi bilan bog‘liq ekan. Masalan yoshi 30 dan kam bo‘lgan  respondentlar rasmda yosh qiz tasvirlanganini ta’kidlashgan, yoshi katta respondentlar esa yoshi katta ayolni ko‘rgan.

«Mening rafiqam va mening qaynonam» optik illyuziyasi  ilk bor 1888 yilda Germaniyada otkritkada paydo bo‘lgan edi. 1915 yilda britaniyalik  karikaturachi Uilyam Eli Xill (William Ely Hill) Puck deb nomlangan hajviy jurnalda ushbu tasvir bo‘yicha  o‘zining variantini e’lon qildi. 1930 yilda ruhshunos Edving Boring (Edwin Boring) uni  o‘zining  «Yangi ikki xil ma’nodagi figura» maqolasida foydalandi, shundan keyin kartinani darsliklarda chop eta boshlashgan.

O‘QING:Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.