Masjiddagi terakt videosi sababli Facebook jonli efirlarni cheklayapti

  •   DiMaX
  •  549
  •  01.04.2019 17:41

Masjiddagi terakt videosi sababli Facebook jonli efirlarni cheklayapti

Yangi Zelandiyadagi ikki masjidda uyushtirilgan terakt videosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilgach, Facebook ijtimoiy tarmog‘i ko‘p muammolarga duch kelgan. Shu sababli ham u jonli efirni cheklash yo‘llarini qidirishga va’da bergan, deb yozadi «Minbar» nashri.

O‘QING: Yangi Zelandiya terrorchisi o‘z hunarini videoo‘yindan o‘rgangan

Facebook rahbarlaridan biri Sheril Sendbergning aytishicha, shirkat asli tahrir qilingan videolavhalarni aniqlash uchun yangi texnologiyalarni joriy etdi. Shuningdek, Facebook foydalanuvchilaridan aynan qaysi toifa yuzerlari uchun jonli efirga chiqish cheklanishi o‘rganib chiqilmoqda.

  • Facebook ma’muriyati Krayschyorchdagi masjidga qilingan hujumning onlayn translyasiyasini to‘xtatish uchun juda ko‘p vaqt sarflagan, lekin keyin o‘sha videoyozuv tarqalib ketishining oldi olinmagan.
  • Facebook’dagi translyasiya 17 daqiqa davom etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida videoyozuv 200 martacha ko‘rilgan. Video bloklanguncha esa 4 ming marta ko‘rib bo‘lingan edi.
  • 1 sutka davomida Facebook ma’murlari tarmoqdagi ushbu videoning 1,5 millionta nusxasini o‘chirib chiqishgan.
  • Bundan tashqari, masjiddagi ommaviy qirg‘in WhatsApp va Instagram, YouTube va Twitter tarmoqlarida ham tarqalgan.

Fransiya musulmonlar kengashi Yangi Zelandiyadagi masjidga qilingan hujum jonli tarzda namoyish qilingani uchun Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube videoxostingini sudga bergandi. Da’vogar tomon Facebook va YouTube saytlarini voyaga yetmaganlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan «terrorizmni targ‘ib qiluvchi va insoniyatga ziyon yetkazuvchi» axborotlar tarqatishda ayblagan.

O‘QING: WhatsApp asoschisi jiddiy sabab bilan Facebook’dan chiqib ketishga chaqirmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!