Material Design Awards tanlovi: 2019 yilning eng zo‘r ilovalari aniqlandi!

  •   DiMaX
  •  974
  •  11.10.2019 11:50

Material Design Awards tanlovi: 2019 yilning eng zo‘r ilovalari aniqlandi!

Google har yili o‘tkazilib kelayotgan Material Design Awards tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Unda to‘rtta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan Android-ilovalar aniqlangan.

O‘QING: Apple Design Awards 2019: yilning eng zo‘r ilovalarini yuklab oling (+video)

«Mavzular» yo‘nalishida Ruff ilovasi tengsiz deb topildi. Ushbu dastur qaydlar yaratish uchun minimalistik interfeysli bloknot bo‘lib, to‘qrang rejimga ham ega. Ruff yaratilgan qaydlarni turli Android-qurilmalarda va xrombuklarda o‘zaro sinxronlash imkonini beradi. Unda shrift o‘lchamini sozlash, ekranni silash orqali jarayonni tezkor saqlash mumkin.

 Ruff dasturini mana bu havola orqali o‘rnatib olsangiz bo‘ladi.

«Innovatsiyalar» toifasida esa Reflectly dasturi g‘olib bo‘lgan. Bu – «cho‘ntakdagi kundalik» bo‘lib, stressga va vahimalarga qarshi kurashishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan. Ilova sun’iy intellekt algoritmlari asosida eslatmalar berib turuvchi tizimga ega. Dastur interfeysida yoqimli ranglar, silliq ko‘chishlar qo‘llangan, foydalanuvchi uni o‘ziga moslab sozlashi uchun keng imkoniyatlar mavjud.

Reflectly ilovasini smartfoningizga ushbu havola yordamida yuklab olasiz.

O‘QING: Android uchun Day by Day – maqsadga undovchi hamrohingiz!

«Universallik» nominatsiyasi bo‘yicha eng zo‘ri deb Trip.com servisining mobil ilovasi e’tirof etilgan. Sayohatchilarga otellar, yo‘l chiptalari va boshqa servislarni bronlash xizmatini taklif etuvchi ushbu mobil kliyent interfeysi 19 tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim belgichalari va yorqin ranglar foydalanuvchining e’tiborini asosiy harakatlarga va muhim ma’lumotlarga oson jalb etadi.

Trip.com mobil ilovasini o‘rnatib olish uchun mana bu havoladan foydalaning.

«Foydalanuvchilar tajribasi» yo‘nalishida Scripts dasturi taqdirlangan. Ushbu original ilova gadjetning sensor displeyi orqali yozuvning notanish turlarini o‘rganish uchun yaratilgan. Unda to‘g‘ri yozish texnikasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan aniq yo‘riqnomalarni o‘z ichiga oluvchi qadam-baqadam qo‘llanma ham mavjud. Aayrim tillar uchun bu ilova kiritilgan belgilarga aloqador suratlarni orqa fonda ham ko‘rsatadi.

Scripts ilovasini ushbu havola orqali o‘rnatib olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!