«Maxsustrans»da ishingiz bormi? Veb-sayti orqali murojaat eting!

  •   DiMaX
  •  192
  •  29.08.2019 13:15

«Maxsustrans»da ishingiz bormi? Veb-sayti orqali murojaat eting!

Kuni kecha «Maxsustrans»ning yangilangan «maxsustrans.uz» veb sayti ishga tushirildi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmatiga asoslanib «Daryo» nashri ma’lum qildi.

O‘QING: Kommunal to‘lovlardagi qarzdorliklar haqida Telegram orqali ma’lumot olamiz!

Yangi saytga dastlabki bosqichda ma’lumotlar faqat ikkita – rus va o‘zbek tillarida joylanadi. Saytning «Maxsustrans» xizmatidan foydalanadigan aholi uchun imkoniyatlari ortgan.

Ko‘rinish jihatdan ham sayt mutlaqo yangi dizaynga ega. Endilikda fuqarolar mazkur saytdan nafaqat kompaniya hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot olishi mumkin, balki unga o‘zini qiynayotgan savollarni yozib qoldirishi ham mumkin.

Aytaylik, uyi oldida doimiy ravishda chiqindi to‘planib qolmoqda yoxud qurilishdan so‘ng qurilish chiqindilarini qayerga olib chiqishni bilmayotgan fuqarolar saytdagi forum orqali o‘zini qiziqtirayotgan murojaat va savolni yozib qoldirishi mumkin, mazkur murojaat tez fursatda korxona mutaxasislari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda javob qaytariladi.

Forumda, shuningdek, boshqa fuqarolar tomonidan qoldirilgan savollar va uning javoblari bilan ham tanishish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, saytdan sohaga doir so‘nggi qaror va loyihalar ham o‘rin oladi.

Hozirda veb-saytning ingliz tilidagi talqini ham ishlab chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Ilk bor internet orqali uyni o‘g‘irlashdi – elektron raqamli imzo yordamida!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!