MDC M300: Android Go tizimida ishlaydigan arzon 4G-smartfon tez kunda O‘zbekistonda!

  •   DiMaX
  •  2882
  •  14.03.2019 14:28

MDC M300: Android Go tizimida ishlaydigan arzon 4G-smartfon tez kunda O‘zbekistonda!

2018 yilning kuz oylarida Xitoyning MDS kompaniyasi M200 deb nomlangan, Android Go tizimida ishlaydigan katta ekranli arzon smartfonni sotuvga chiqargan edi. Endi esa kompaniya foydalanuvchilarning istagini hisobga olib, mazkur qurilmaning 4G tarmog‘ida ham ishlaydigan versiyasini ham taqdim qilmoqda.

O‘QING: MDC M Series – yangi va hamyonbop smartfonlar seriyasi

MDC M300 deb nomlanuvchi ushbu model M200 telefonidan nisbatan kuchliroq protsessor, biroz kattaroq batareya, aniqroq kameralar va 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi bilan farqlanadi.

Qurilma diagonaliga 5.45 dyuymlik, 1440x720 piksel aniqlikdagi HD+ IPS LCD matritsali displey bilan jihozlangan. Ekranning tomonlar nisbati 18:9, u to‘liq laminatsiya bilan qoplangan. Smartfon to‘rt yadroli Mediatek MT6739 protsessorida ishlaydi. Asosiy kamera aniqligi 8 MP, old kameraniki – 5 MP. Tezkor xotirasi 1 GB, ichiga o‘rnatilgan xotira sig‘imi esa 8 GBni tashkil qiladi, bunga qo‘shimcha tarzda 64 GBgacha bo‘lgan microSD-karta o‘rnatish mumkin.

MDC M300 modeli ham tillarang va qora korpuslarda, taxminan 590 ming so‘m atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Brendning boshqa mahsulotlari singari, unga ham bir yillik rasmiy kafolat beriladi.

Smartfonning texnik xususiyatlari quyidagilar:

  • 5.45 dyuymli ekran, 1440x720 piksel (16:9);
  • 1.3 GGs takt chastotali, 4 yadroli Mediatek MTK6739 protsessori;
  • 1 GB tezkor xotira;
  • 8 GB ichki xotira;
  • 64 GB gacha microSD o‘rnatish mumkin;
  • 8 Mp asosiy kamera;
  • 5 Mp old kamera;
  • Ikkita SIM-kart uchun ikkita slot;
  • Wi-Fi 802.11n + Bluetooth 4.0;
  • Akkumulyator hajmi 2450 mA/s;
  • Android Go 8.1;
  • O‘lchamlari: 145 x 70.5x 9.1mm.

O‘QING: Barcha modellardagi hamyonbop MDC smartfonlari yanada arzonlashdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!