MDC Prime Lite: 680 ming so‘mga qo‘sh kamerali 4G-smartfon

  •   DiMaX
  •  2461
  •  13.02.2019 15:00

MDC Prime Lite: 680 ming so‘mga qo‘sh kamerali 4G-smartfon

O‘zbekiston bozoriga hamyonbop va yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega smartfonlar bilan kirib kelgan MDC brendini yaxshi bilasiz. Ushbu kompaniya o‘ziga xos dizaynga ega metall va shisha korpusli, 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi, qo‘sh kamerali Prime Lite modelining narxini yana tushirdi.

O‘QING: MDC Prime Lite – «Malika»dagi noodatiy «ekonom klass»

Endi bir yillik rasmiy kafolatga ega bo‘lgan smartfonni yurtimiz bo‘ylab 680 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

Qurilma diagonali 5.2 dyuymga teng IPS-displey bilan jihozlangan. Displeyning tasvir aniqligi esa HD formatida, ya’ni 1280x720 pikselni tashkil etadi. Barmoq izi skaneri korpusning old tomonida, asosiy tugmachada joylashgan.

Smartfonning asosiy kamerasi 13 hamda 0.3 megapiksellik ikkita sensorni (Samsung ISOCELL) o‘z ichiga oladi. Old kamera 8 megapiksellik bo‘lib, uning yordamida siz ajoyib selfilar tushirishingiz mumkin.

MDC Prime Lite smartfoni 16 gigabaytlik o‘rnatilgan xotiraga ega, agarda buni kam desangiz – 128 gigabaytgacha hajmli microSD o‘rnatish imkoni bor. Ma’lumotlaringizni himoyalash uchun grafik kalit deysizmi, parol, kodli so‘z yoki barmoq izi skanerimi – bu usullarning barchasini MDC Prime Lite modeli qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga 1.3 gigagers takt chastotasida ishlovchi to‘rtta yadroli MT6737 protsessori o‘rnatilgan.

Smartfon 3G hamda 4G standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga ikkita SIM-karta tushadi, u Android operatsion tizimining 7 (Nougat) talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Qurilma sun’iy yo‘ldosh orqali navigatsiya uchun GPS/AGPS moduli, shuningdek, simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11 b/g/n hamda Bluetooth 4.0 talqinlarini qo‘llab-quvvatlovchi modullar bilan ta’minlangan. Prime Lite 2750 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Sotib olish:

https://www.terashop.uz/product/mdc-prime-lite

https://olcha.uz/product/view/mdc-prime-lite-black

https://asaxiy.uz/index.php?route=product/product&path=174&product_id=7699

MDC Prime Lite smartfonining texnik xususiyatlari quyidagicha:

  • 5,2 dyuymlik ekran, 1280x720 piksellik aniqlik darajasi bilan (16:9 nisbatli);
  • 3 GGs takt chastotali, 4 yadroli protsessor;
  • 2 GB tezkor xotira;
  • 16 GB doimiy xotira;
  • 128 GBgacha hajmli microSD-kartani qo‘llaydi;
  • 13 + 3 MP (Samsung ISOCELL) aniqlikdagi asosiy qo‘sh kamera;
  • 8 megapiksellik (Samsung ISOCELL) old kamera;
  • 4G tarmog‘ini qo‘llovchi SIM-karta uchun ikkita slot;
  • Wi-Fi 802.11n + Bluetooth 4.0;
  • akkumulyator sig‘imi 2750 mA/soat;
  • Barmoq izi skaneri;
  • Android 7 Nougat;
  • O‘lchamlari: 138 x 73,2 x 8,6 mm;
  • Og‘irligi: 160 g.

O‘QING: YouTube-kanalimizga qo‘shiling – MDC Prime Lite videotavsifi joylandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.