MDC Prime S – katta AMOLED-ekranli arzon 4G-smartfon

  •   DiMaX
  •  12238
  •  19.04.2018 17:20

MDC Prime S – katta AMOLED-ekranli arzon 4G-smartfon

Sizga bu brend yaxshi tanish – shu paytgacha MDC kompaniyasining bir qator smartfonlari haqida ma’lumotlar berganmiz. Bugun esa uning yaqinda savdoga chiqarilgan yangi modeli bilan sizni tanishtirmoqchimiz.

Bu – so‘nggi trendlar asosida – romsiz ekran dizaynida yaratilgan Prime S rusumli 4G-smartfondir.

O‘QING: MDC Uzbekistan kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

«Yuragi» baquvvat, xotirasi keng...

MDC Prime S smartfonining ishlash samaradorligini ta’minlash uchun unga sakkiz yadroli protsessor o‘rnatilgan. Bu – 2.23 GGs takt chastotasida ishlovchi MediaTek Helio P25 (MT6757T) chipidir. ARM Mali-T880 MP2 rusumli grafik tezlatgich ham uning ishiga yaxshi ko‘makdosh bo‘ladi.

Shuningdek, qurilmaning 4 gigabayt hajmli tezkor xotirasi ham uning ishlash tezligida muhim o‘rin tutadi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash uchun u naq 64 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlangan. Agar buyam kamlik qilsa, 64 gigabaytgacha hajmli microSD-karta bilan uning xotirasini yanada kengaytirishingiz mumkin. Qurilma Android 7.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Katta va sifatli AMOLED-ekran

Har qanday smartfonning muhim jihatlaridan biri uning displeyidir. MDC kompaniyasi shuni nazarda tutgan holda, Prime S modelini ajoyib HD-ekran bilan jihozlashgan. Uning o‘lchami diagonaliga 5.5 dyuymni tashkil etadi, piksellar sig‘imi esa 1280x720 pikselga (320 ppi) teng.

AMOLED texnologiyasidagi ekran matritsasi ranglarni keng diapazonda yetkazib bera oladi, uning sozlamalari ham ko‘p. Umuman olganda, smartfonda har qanday kontentni ko‘rish, jumladan, videolar tomosha qilish ham qulay. Romsiz dizayndagi Prime S ekrani adaptivlik xususiyatiga ega, ya’ni, u har bir ilovaga moslab yorqinlikni sozlab bera oladi.

Shuningdek, zamonaviy smartfonlarda ekran nafaqat kontentni aks ettirish, balki boshqarish vositasi hamdir. Prime S modelining ekrani HD texnologiyasida, multitachli sensori bir vaqtning o‘zida naq o‘nta barmoq teginishini seza oladi!

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

«Qo‘shko‘z» telefon

Smartfonsozlikdagi trendlardan yana biri – asosiy kameraning ikkita modulga ega bo‘lishidir. To‘g‘ri, Huawei yanada ilgarilab ketib, uchta ob’yektivli bosh kameraga ega telefon ham ishlab chiqardi. Ammo boshqa kompaniyalar asosan yuqori narxli flagmanlaridagina bu yechimni qo‘llab kelishmoqda.

MDC ham shu uofga mos holda, o‘zining Prime S smartfonini qo‘sh modulli asosiy kamera bilan jihozlagan. Ulardan biri 16, ikkinchisi esa 0.3 megapikselli ob’yektivlar bo‘lib, kamerada Samsung’ning ilg‘or ISOCELL sensori qo‘llangan. Yorug‘lik-diodli fotochaqnog‘i qorong‘ida ham yaxshi sifatli rasmlar olishni ta’minlaydi.

Shuningdek, MDC selfi ixlosmandlarini ham xursand qilishni ko‘zlagan – Prime S old kamerasi 8 megapikselli datchikka hamda avtofokus funksiyasiga ega.

Mazkur smartfon kamerasi panorama rejimida, shuningdek yuqori sifatli – HDR rejimida ham suratga ola biladi. Xullas, MDC Prime S sizga mobil fotografiya uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi.

O‘QING: MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon

Mustahkam himoyali ergonomik korpus

Foydalanuvchi uchun smartfonning muhim jihatlaridan yana biri – uning korpusi qo‘lga qulay bo‘lishidir. Prime S devaysida shu ham e’tiborga olingan – uning o‘lchamlari 152.5x75.6x7.8 millimetrga teng. Vazniga kelsak, bu telefon 156 gramm tosh bosadi.

Korpus ochilmaydigan qilib ishlangan, uning chap tomonida SIM-kartalar va xotira kartasi joylanadigan uyacha mavjud. O‘ng qirrasida – barmoqqa qulay joyda esa ovozni balandlatish-pastlatish hamda telefonni yoqish-o‘chirish tugmachalariga ko‘zimiz tushadi.

Smartfon korpusining orqa panelida muhim zamonaviy datchik o‘rin olgan. Bu – barmoq izingiz orqali sizning biometrik ma’lumotlaringizni tezda aniqlay oladigan daktiloskopik skanerdir.

Barmoq izi skaneri sizning shaxsiy smartfondagi ma’lumotlaringiz maxfiyligini saqlasa, qurilmaning o‘zini himoyalash ham ishlab chiqaruvchining e’tiboridan chetda qolmagan. Axir, MDC bu qurilmasi korpusini IP67 standarti bo‘yicha sang va suvdan muhofazali qilib ishlagan.

Shuningdek, Prime S gadjeti korpusida bir qator kerakli portlar joylashgan. Bulardan biri – pastki qirradan o‘rin olgan zamonaviy USB Type-C interfeysidir. Bundan tashqari, ekranning tepasida – so‘zlashuv dinamigi yonida an’anaviy – yorug‘likni hamda yaqinlashuvni aniqlovchi datchiklar ham bor.

O‘QING: MDC Optima – metall korpusli 4G-smartfon

Bir «to‘ysa», 9 kungacha ishlaydi!

Zamonaviy smartfonlarning oldingi – tugmachali telefonlarga nisbatan eng «nozik» tomoni – quvvati tez tugashi bo‘lsa kerak. MDC Prime S modelida esa batareya borasida «oltin o‘rtalik»ka amal qilingan. Unga 3000 mA/soat sig‘imli, korpusdan ajralmaydigan, litiy-ionli akkumulyator o‘rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfondan faol foydalanish rejimida uning quvvati 4–10 soatga yetadi. Kutish rejimida esa bu akkumulyator naq 200 soatdan ortiq vaqtga bardosh beridi. Bu – to‘qqiz kun, degani, axir!

Ikkita SIM-karta bilan 4G tezligidagi internet

MDC Prime S smartfoni bilan ilg‘or aloqa imkoniyatlaridan bahramand bo‘la olasiz. Unda nano-SIM formatidagi ikkita SIM-karta uchun bo‘lmacha mavjudligi uyali aloqa operatorlari orasida tanlash imkoniyatingizni kengaytiradi.

Smartfon uyali aloqaning to‘rtinchi avlod – 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi esa zamon bilan hamnafas yoshlar, internet foydalanuvchilari uchun ayni muddao.

Shuningdek, Prime S simsiz aloqaning Wi-Fi (802.11a/b/g/n) interfeysini qo‘llab-quvvatlaydi va Wi-Fi Direct funksiyasiga ega. Boshqa qurilmalarga ulanish uchun u Bluetooth 4.0, kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun esa NFC moduli bilan ham jihozlangan.

Darvoqe, sun’iy yo‘ldosh orqali geolokatsiyani aniqlash uchun MDC Prime S smartfoni GPS navigatsiya bilan ta’minlangan. Ushbu modul GPS, AGPS va GLONASS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon yana ichki kompas, akselerometr kabilarga ham ega.

O‘QING: MDC Nova – yoshlarbop zamonaviy smartfon!

To‘liq jamlanma

MDC kompaniyasi Prime S smartfonini oq va qora rangli korpuslarda taqdim etgan. Uning qulay qadog‘ida eng kerakli barcha aksessuarlar joylangan.

Ya’ni, qutida siz smartfonning o‘zidan tashqari Foydalanuvchi qo‘llanmasi, Type-C adapteri, USB-kabel hamda Type-C quloqchini, va shaffof g‘ilofni ham topasiz.

Darvoqe, kafolat talonini ham. Axir, mazkur kompaniya o‘zining barcha mahsulotlariga 1 yillik muddatli rasmiy kafolat xizmatlarini taqdim etadi-da!

Xullasi kalom, MDC Prime S – zamonaviy insonlar uchun mehr va yuqori did bilan tayyorlangan, eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlangan 4G-smartfondir. Bunday gadjet bilan siz sifatli aloqa imkoniyatlaridan foydalanishingiz, turli kontentlarni romsiz AMOLED-displeyda yuqori sifatda tomosha qilishingiz, internet kengliklarida yuqori tezlikda sayr qilishingiz, shuningdek, fotografiya sohasida o‘z qobiliyatlaringizni kashf etishingiz mumkin.

MDC Prime S yurtimiz bozorlarida 1 250 000 so‘m atrofida sotilmoqda. Uning qora va oq rangdagi variantlarini topish mumkin. Shuningdek, mazkur modelni olcha.uz internet do‘konidan (yetkazib berish O‘zbekiston bo‘yicha bepul) hamyonbop narxda xarid qilsa bo‘ladi.

O‘QING: YouTube-kanalimizga qo‘shiling – MDC Prime Lite videotavsifi joylandi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!