Megabaytlar o‘tkazish xizmatiga yangi cheklovlar kiritilyapti!

  •   DiMaX
  •  83828
  •  14.10.2020 08:50

Megabaytlar o‘tkazish xizmatiga yangi cheklovlar kiritilyapti!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasiga qarashli UZMOBILE milliy operatori o‘zining GSM tarmog‘idagi abonentlari uchun «Qo‘llab yubor» xizmatini ishga tushirgan edi. Uztelecom rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, 2020 yil 22 oktyabrdan uning shartlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

O‘QING: Mobil operator 90%gacha boruvchi «QAYNOQ ChEGIRMALAR» muddatini oktyabrning oxirigacha uzaytirdi!

Rasmiy xabarda keltirilishicha, joriy yilning 22 oktyabridan:

  • Megabaytlarni o‘tkazish qiymati 100 MB, 200 MB va 300 MBga teng.
  • O‘tkazmani amalga oshirish uchun abonentning shaxsiy hisob raqamida yetarli mablag‘ bo‘lishi lozim.
  • Agarda «Internet-trafikni o‘tkazilishini taqiqlash» xizmati o‘rnatilmagan bo‘lsa, o‘tkazmani amalga oshirish mumkin.
  • Kunlik o‘tkazmaning maksimal miqdori – 500 MB.

Ushbu xizmatning hozirgi shartlari bilan batafsil tanishib chiqish uchun mana bu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Uyali aloqa operatori yana bitta arzon tarifini yopyapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!