"Mehribonlik va xavfsizlikni rivojlantirishning yangi usullari"

TikTok foydalanuvchilarga videolarga qoldirilgan izohlarni yoqtirmaslik imkonini beruvchi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Kompaniyaning xavfsizlik va jamoat qoidalariga rioya qilish haqidagi blog postida ta’kidlanishicha, odamlar o‘zlari "ahamiyatsiz yoki nomaqbul" deb hisoblagan kommentlarni boshqalarga ko‘rinmaydigan tarzda belgilashlari mumkin bo‘ladi. Ayrim foydalanuvchilar dislayk tugmasining turli versiyalarini ko‘rib ulgurishgan.

Shuningdek, kompaniya ko‘p miqdorda salbiy kommentlar olgan ijodkorlarga sharhlarni filtrlash va ommaviy ravishda bloklash va o‘chirish kabi xususiyatlar haqida eslatmalarni yuborish bo‘yicha tajriba o‘tkazayotganini aytgan.

Garchi platformada videolarni dislayk qilish tugmasi mavjud bo‘lmasada, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ularni ustiga bosib turish orqali qalqib chiqadigan menyudan videoni yoqtirmaganliklarini bildiradigan tugmani bosishlari mumkin.

Ma’lumotlariga ko‘ra, yangi funksiyani to‘liq tarqatish yoki umuman chiqarmaslik to‘g‘risidagi qaror yaqin haftalarda qabul qilinadi.

O‘QING: Deezer bu borada eng birinchi bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.