Meizu 15 Lite Terabayt.uz’da sinovdan o‘tmoqda

  •   Saroy
  •  1217
  •  19.06.2018 11:46

Meizu 15 Lite Terabayt.uz’da sinovdan o‘tmoqda

Anchadan buyon saytimizda nomi tushmayotgan Meizu 15 Lite yaqinda sotuvga chiqariladi. Xitoy kompaniyasi navbatdagi mo‘’jizasining bir nusxasini  sinov tariqasida Terabayt.uz saytiga taqdim etdi. Kompaniya vakillari yangi qurilma uzog‘i bilan bir oydan keyin savdoga chiqariladi, demoqda.  

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, mazkur apparat Meizu kompaniyasining yubiley smartfoni hisoblanadi. Shu bois smartfonning dunyo yuzini ko‘rishiga Xitoy ishlab chiqaruvchisi alohida e’tibor, ta’kidlash joiz bo‘lsa, alohida mehr bilan yondoshgan.  

O‘QING: Tarmoqlarda Meizu 16 va 16 Pro tavsiflari paydo bo‘ldi

Ko‘rib turganingizdek, smartfon ishlab chiqarishning eng ilg‘or yutaqlarini o‘zida mujassam etgan: ham bejirim, ham qulay, ham chiroyli, sifat borasida ham u ekspertlarning yuqori bahosini olgan qurilma sanaladi.  Apparatning asosiy kamerasi yakka modulli,  fotochaqnog‘i esa noan’anaviy – halqasimon ko‘rinishda. Selfi-kamera bo‘lsa ekran tepasida, gorizontaliga olganda qoq o‘rtasida joylashgan.

Meizu 15 Lite displeyi diagonaliga 5,46 dyuymlik bo‘lib, piksellar sig‘imi 1920x1080. Yana bir eslatma, mazkur kompaniyaning turli qurilmalari O‘zbekiston bozorlarida ham kafolat bilan savdoga chiqarilmoqda. Shunday ekan, Meizu 15 Lite ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta. Faqat qurilmaga tegishli bitta masala mavhumroq bo‘lib taribdi, u ham bo‘lsa, qurilmaning narxi. Ammo tez kunlarda bu savolga ham oydinlik kiritiladi. Qolaversa,  saytimiz kelgusida ushbu qurilmaning videosharhini ham taqdim etishni rejalashtirgan.

O‘QING: 969 000 so‘mdan boshlanuvchi Meizu smartfonlari narxlari (2018 yil 18 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.